Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulla Aripov Belarusga tashrif buyurdi va Aleksandr Lukashenko qabulida bo‘ldi
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi Minsk shahriga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston bosh vaziri matbuot xizmati xabariga ko‘ra, dastlab delegatsiyalar rahbarlari Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko qabulida bo‘ldi.
Uchrashuvda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda mazkur formatdagi muloqot muhim ahamiyatga egaligi ta'kidlandi.
Shundan so‘ng, delegatsiyalar rahbarlari Belarus poytaxtidagi G‘alaba monumentiga gulchambar qo‘ydi, deyiladi ma'lumotda.
Avvalroq, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Minsk shahrida 28 may kuni bo‘lib o‘tadigan MDH hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etishi xabar berilgandi.
MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, delegatsiyalar rahbarlari tor doiradagi uchrashuvda hamdo‘stlik doirasidagi iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashishi, navbatdagi uchrashuv sanasi va joyini belgilab olishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
22:53 / 13.04.2026
Rossiya O‘zbekistonga neft va gaz yetkazib berish hajmini oshirishini ma’lum qildi
09:06 / 02.04.2026
Lukashenko Belarus urushga tayyorlanayotganini aytdi
21:06 / 27.03.2026
O‘zbekiston 2026 yilda sun’iy yo‘ldosh internetini ishga tushirishga tayyorlanmoqda
12:23 / 24.03.2026