Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov boşçiligidagi delegatsiya Minsk şahrida 28 may kuni bölib ötadigan MDH hukumat rahbarlari kengaşining navbatdagi yiğilişida iştirok etadi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

MDH Ijroiya qömitasi matbuot xizmati xabariga köra, delegatsiyalar rahbarlari tor doiradagi uçraşuvda hamdöstlik doirasidagi iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almaşişi, navbatdagi uçraşuv sanasi va joyini belgilab olişi kutilmoqda.

Yiğilişda delegatsiyalar yuqumli kasalliklar tarqalişiga qarşi çora-tadbirlar köriş, MDH mamlakatlari hududlarini sanitariya muhofazasi va hamdöstlik aholisini iş bilan ta'minlaşga kömaklaşiş sohalaridagi hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.

Soxta savdo belgilari va geografik körsatkiçlardan foydalanişning oldini oliş, geodeziya, kartografiya, kadastr va yerni masofadan zondlaş sohasidagi hamkorlikni tartibga soluvçi va boşqa hujjatlarni imzolaş rejalaştirilgan.

Majlisda MDHga a'zo davlatlarda davlat moddiy rezervlarini boşqaradigan davlat (ijro etuvçi) organlarining 2030 yilgaça bölgan davrdagi hamkorligi konsepsiyasi va uni amalga oşirişning asosiy çora-tadbirlari rejasi tasdiqlanişi kutilmoqda.

Bundan taşqari, qurolli kuçlar ofitserlarini tezkor-strategik tayyorlaş sohasida asosiy taşkilot töğrisidagi hamda turli lavozimlarga kadrlarni tayinlaşga oid qarorlar imzolanişi rejalaştirilgan.