«Gender tenglikka erişiş sohasida 25 ta qonun hujjatlari qabul qilindi Ayollarning parlamentdagi soni 32 foizga yetib, Özbekiston dunyo böyiça 37-öringa kötarildi. Xotin-qizlarning siyosiy partiyalardagi uluşi 44 foiz, oliy ta'limda 40 foiz, tadbirkorlikda 35 foizga yetdi. Vazirlik va idoralarda 15 mingdan ziyod kadrlar zaxirasi şakllantirildi. Boşqaruv lavozimidagi xotin-qizlar uluşi 27 foizga yetdi, 6 nafar ayol hokim, bir nafari elçi etib tayinlandi», deya gender tenglik masalalari böyiça raqamlarni oçiqlagan Senat raisi.
U şuningdek, Senatda gender tenglik masalalari böyiça maxsus qömita faoliyatini boşlaganini ta'kidladi. Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qömitasi raisi Malika Qodirxonova gender tenglik borasida yutuqlar va tizimli kamçiliklarni sanab ötdi. U şuningdek, Özbekistonda 2030 yilga qadar gender tenglikka erişiş strategiyasi bilan taniştirdi.
«Jahon bankining ayollar, biznes va qonun indeksida 2020 yilda Özbekiston Xotin-qizlar huquqlari va gender tenglik böyiça ahamiyatga molik islohotlarni amalga oşirgan 27 davlat qatoriga kiritildi va 5 poğonaga yuqorilab, 190 davlat orasida 134-örinni egalladi.
Yutuqlar bilan bir qatorda tizimli muammolar ham mavjud. Jumladan, xotin-qizlarning davlat va jamiyat boşqaruviga oid dolzarb masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilişdagi iştiroki yetarli emas. Ularga bu borada jamiyatdagi salbiy qaraşlar hali-hanuz mavjud. Ta'limning eng köp talab qilinadigan yönalişi: muhandis-texnik, axborot texnologiyalari, energetika, injyenering, huquqşunoslik sohalarida ayollar uluşi hamon kam.
Taşqi va içki migratsiyaning gender jihatlari, xotin-qizlarning huquqlari va mehnat migrantlarini himoya qiliş mexanizmlari töğrisidagi tarğibot işlari, media mahsulotlarning gender ekspertizasi ham yetarli emas.
Hamkor vazirliklar mutaxassislari iştirokida Özbekiston Respublikasida 2030 yilga qadar gender tenglikka erişiş strategiyasi röyxati, uni amalga oşirişga qaratilgan çora-tadbirlar dasturi va uni baholaşning 60dan ortiq maqsadli körsatkiçlari işlab çiqildi», – ta'kidladi Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qömitasi raisi.












