«Reklama töğrisida»gi yangi qonunning mantiqsizliklarini sanaşda davom etamiz: huquqbuzarliklar uçun sanksiyalar huquq tizimimiz uçun nonsens
|23:28 / 28.05.202117 23310 min
Reklama sohasidagi huquqbuzarliklar uçun MJtKda ma'muriy jarimalar mavjud bölgani holda «Reklama töğrisida»gi yangi qonunda ham uşbu huquqbuzarliklar uçun alohida jarimalar belgilanişi kutilmoqda. Huquq sohasi bilimdonlari buni mantiqsizlik, deb hisoblaşmoqda.
Yangi tahrirdagi «Reklama töğrisida»gi qonun loyihasi birinçi öqişda deputatlarning köpçilik ovozi bilan qabul qilindi. Ammo qonun loyihasidagi ayrim çeklovlar jamoatçilik tomonidan salbiy qabul qilindi.
Şuningdek, uşbu qonunning yana bir jihatiga ham savollar bisyor.
Xususan, qonun loyihasining 46-moddasida reklama töğrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uçun javobgarlik nazarda tutilgan bölib, uşbu huquqbuzarliklar uçun aybdorlarga moliyaviy sanksiyalar qöllanişi körsatilgan.
Jumladan, uşbu moddada reklama faoliyati sub'yektlari hisoblanuvçi yuridik şaxslarga quyidagi hollarda va miqdorda moliyaviy sanksiya qöllanilişi taklif etilmoqda:
işlab çiqarilişi, realizatsiya qilinişi yoki reklama qiliş taqiqlangan mahsulotlar töğrisida reklama tarqatganlik uçun – BHMning 100 baravari (24 mln 500 ming söm);
notöğri, axloqsiz, qiyosiy yoki yaşirin reklama berganlik, şuningdek, aksilreklama berişdan boş tortganlik uçun – BHMning 70 baravari (17 mln 150 ming söm);
energetik içimliklar, alkogolli içimliklar, tamaki va nikotinli mahsulotlar, çilim va elektron sigaretalar, pirotexnika, qurol va harbiy buyumlar reklamasiga qöyilgan talablarni, şuningdek, taşqi reklamani joylaştiriş tartibini buzganlik uçun – BHMning 50 baravari (12 mln 250 ming söm);
dori vositalari, biologik faol va oziq-ovqat qöşimçalari, şuningdek, bolalar oziq-ovqat mahsulotlari reklamasi hamda voyaga yetmaganlar bilan boğliq reklamaga qöyilgan talablarni buzganlik uçun – BHMning 30 baravari (7 mln 350 ming söm).
Moddaning davomida moliyaviy sanksiyalarni qöllaş sud tomonidan, ularning aybdorligi tan olingan va sanksiya ixtiyoriy ravişda tölangan taqdirda vakolatli organ tomonidan amalga oşirilişi körsatilgan.
Qonunda aybdor yuridik şaxslarga javobgarlik belgilaşning nimasi yomon, deyiş mumkin. Biroq, xuddi şunday huquqbuzarliklar uçun ma'muriy javobgarlik ham örnatilgan bölsa-çi?
MJtK 178-1-moddasida reklama töğrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uçun ma'muriy javobgarlik mavjud.
Xususan, uşbu moddada fuqarolar va mansabdor şaxslar tomonidan:
notöğri reklama berganlik;
Mavzuga oid
taşqi reklamani joylaştiriş tartibiga rioya qilmaganlik;
aksilreklama berişdan boş tortganlik;
reklama qilinişiqonun hujjatlari bilan taqiqlangan mahsulotni reklama qilganlik uçun BHMning 5 baravaridan 7 baravarigaça miqdorda jarima jazosi nazarda tutilgan.
Körib turganingizdek, qonun loyihasining 46-moddasida MJtK 178-1-moddasidagi huquqbuzarliklarning deyarli barçasi tilga olingan.
Aynan bir huquqbuzarlik uçun 2 marta javobgarlikka tortiş qançalik töğri böladi?
Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 8-moddasida odillik prinsipi haqida söz yuritilgan bölib, unda heç kim aynan bitta jinoyat uçun ikki marta javobgarlikka tortilişi mumkin emasligi ta'kidlanadi. Uşbu prinsip MJtKning 3-moddasida ham tilga olingan. Ya'ni heç kim bitta ma'muriy huquqbuzarlik uçun 2 marta javobgarlikka tortilişi mumkin emas.
Garçi loyihada moliyaviy sanksiya faqat yuridik şaxslarga nisbatan qöllanişi aytilgan bölsa-da, reklama töğrisidagi qonun hujjatlarini buziş jismoniy şaxslar tomonidan ham sodir etilişi mumkin. Bunda uşbu turdagi huquqbuzarlik uçun javobgarlikka tortişda 2 xil standart şakllanib qolmaydimi? Ya'ni agar jismoniy şaxs huquqbuzarlik qilsa, unga ma'muriy javobgarlik qöllanib, huquqbuzarlik yuridik şaxs tomonidan sodir etilsa, uni ham moliyaviy sanksiyaga tortib, ham mansabdor şaxsini ma'muriy javobgarlikka tortiş qançalik adolatdan böladi? Bu bitta huquqbuzarlik uçun bitta çöntakni ikki marta “qoqiş” bölib qolmaydimi?
Har bir taşkilot öziga vakolati berilgan soha böyiça qonun loyihasini işlab çiqib, unga yangi-yangi javobgarliklarni kiritaversa va Oliy Majlis uni şu holida qabul qilaversa, ertaga qonunlarimizda turliça javobgarliklar va ular uçun jazolar belgilanişiday noxuş tendensiya şakllanib qolmasligiga kim kafolat bera oladi?
Agar deputatlarimiz şuni töğri deb hisoblaşsa, marhamat, iste'molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uçun MJtK va JKda ma'muriy va jinoiy javobgarliklar nazarda tutilgan bölsa-da, “Iste'molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi Qonunga xuddi şu turdagi huquqbuzarliklar uçun aniq miqdorlarda moliyaviy sanksiyalar ham belgilaylik. Raqobat töğrisidagi qonunçilikni buzganlik uçun ma'muriy va jinoiy javobgarliklar mavjud bölsa-da, “Raqobat töğrisida”gi qonunda ham xuddi şu huquqbuzarlik uçun yangiça turdagi javobgarlik kaşf qilaylik.
Sohaviy qonunlar aslida muayyan sohadagi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga soliş maqsadida işlab çiqiladi. Uşbu qonunlar jazolovçi xarakterda bölmaydi. Ularda nari borsa, qaysi harakatlar qonunga zid ekani va uşbu harakatlar qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bölişi aytiladi xolos.
Sohaviy qonunlar “bolta kötargan” qonunlar hisoblanmaydi, ya'ni ular jazolarni özida ifoda etmaydi. Sohaviy qonunlarni buzganlik uçun jazolar öşa qonunlarning özida emas, balki MJtK yoki JK kabi sanoqli maxsus qonunlardagina aks etadi.
Razzoq Altiyev
Uşbu masalada yuridik fanlar böyiça falsafa doktori Razzoq Altiyevning fikrlari bilan qiziqdik.
“Bu bizning romano-german huquq tizimimiz uçun nonsens. Bu anglo-sakson huquq tizimining elementi hisoblanadi, ya'ni uşbu huquq tizimida bitta qonunning özida ham tartibga soluvçi ham imperativ normalar (sanksiyalar) aks etadi.
Qonunlarimizga bunday normalarning kiritilayotgani anglo-sakson huquq tizimi elementlarining bizning huquq tizimimizga aralaşib ketayotganini ifodalaydi. Fikrimça, bu odillik prinsipiga zarba beriş hisoblanadi. Aytaylik, men yuridik şaxs tuzib, özim uning işlarini yuritib tadbirkorlik qilyapman. Uşbu holatda, tabiiyki, firmaning zarari mening ham zararim hisoblanadi. Kunlardan bir kuni men reklama sohasida qonun buzilişiga yöl qöydim. Şunda bitta qilmiş uçun meni mansabdor şaxs sifatida ma'muriy jarimaga tortişadi va firmamni ham qonun böyiça jarimaga röpara qilişadi. Bu notöğri yondaşuv.
Bu yerda (qonun loyihasida) “reklama töğrisidagi qonun hujjatlarini buziş qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab böladi” degan jumla bilan kifoyalaniş kerak edi” – deydi Razzoq Altiyev.
Huquqşunos Nuriddin Murodov ham mazkur masalada öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.
Nuriddin Murodov
N.Murodovga köra, uşbu loyihani tayyorlagan taşabbuskor taşkilot qonun loyihasini tayyorlaşning yuridik texnikasi, qonun normalarini talqin etişdagi umumiy asoslarni va amaldagi qonunlarda yuridik maqom berilgan ayrim tuşunçalarni qöllaşga doir talablarni e'tiborga olmay quyidagi xatolarga yöl qöygan:
1. Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga asosan “Jarima” ma'muriy huquqbuzarlik sodir etişda aybdor şaxsdan davlat hisobiga pul undirişdir. Jarima miqdori uşbu Kodeks 25-moddasiga asosan belgilanadi.
2. Moliyaviy sanksiya – şunday huquqiy ta'sir çorasiki, u soliq qonunçiligi buzilgan holatda sud tomonidan qöllaniladi.
“Jarima Özbekiston Respublikasi MJTK hamda JKda nazarda tutilgan hollarda va tartibda qöllanilsa, moliyaviy sanksiya Özbekiston Respublikasi IPK asosan iqtisodiy sudlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati sub'yektlariga soliq qonunçiligini buzgan holatlarda qöllaydigan huquqiy ta'sir çorasidir.
Demak, uşbu taklif birinçidan, bir huquqbuzarlik doirasida ikki xil jazo turini taklif qilayotganligi bilan notöğri bölsa, ikkinçidan, mazkur taklifning jarimaga oid qismi esa, Özbekiston Respublikasi MJtK 178-1-moddasi doirasiga kiritilmasdan notöğri yöldan ketilgani bilan izohlanadi.
Şuningdek, jarimani (sanksiyani) kuçaytiriş uçun asos yetarli bölişi, bu boradagi körilayotgan zarar yoki ziyon miqdori asoslanişi hamda tadbirkorlar manfaati ham e'tiborga olinişi, reklamaga daxldor tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatiga nisbatan tirnoq orasidan kir qidirmaslik, ular faoliyatiga heç bir tarzda zarar yetkazib qöymaslik, tösiq bölmaslik kabi masalalar ham e'tiborga olinişi muhimdir” – deydi huquqşunos.
Toşkent davlat yuridik universiteti Xususiy huquq fakulteti dekani, yuridik fanlar doktori Baxşillo Xodjayev uşbu masalada quyidagiça fikr bildirdi:
Baxşillo Xodjayev
“Uşbu qonun loyihasiga sanksiyalarning kiritilişi ikkita muhim huquqiy prinsipga zid hisoblanadi. Birinçi prinsip – bu odillik prinsipi. Ya'ni bitta huquqbuzarlik uçun faqat bitta javobgarlik qöllanişi kerak. Ikkinçisi, aynan reklamaga taalluqli maxsus huquqiy prinsip hisoblanib, “free commercial speech doctrine” (“tadbirkorning erkin nutqi doktrinasi”) deb ataladi. Bu doktrinaga köra, tadbirkor tijorat nutqida erkin hisoblanadi.
Şu örinda moliyaviy sanksiyalarga ham töxtalib ötsak. Moliyaviy sanksiyalar soliq qonunçiligida qöllanilişi kerak. Çunki, soliq tölaş tadbirkorning burçi hisoblanadi va buni ixtiyoriy ravişda bajarmasa, davlat sanksiya qöllaşga majbur böladi. Reklama esa tadbirkorning erkin faoliyati hisoblanadi. Şuning uçun ham reklama sohasida yuridik şaxslarga moliyaviy sanksiyalarni qöllaş maqsadga muvofiq emas”.
Körib turganingizdek, huquq sohasi bilimdonlari ham qonunda moliyaviy sanksiyalar aks etişini yoqlamayapti. Şunça nuqsonlari bor qonun deputatlarning birinçi öqişidan qanday qilib ötib ketgani esa alohida muhokama mavzusi hisoblanadi.