Yangi tahrirdagi «Reklama töğrisida» qonun loyihasi birinçi öqişda deputatlarning 98,4 foiz ovozi bilan ma'qullandi. Ammo uning ba'zi bandlari e'tirozlarga sabab bölmoqda.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari «Reklama töğrisida»gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasini birinçi öqişda konseptual jihatdan körib çiqişdi va bu 98,4 foiz deputatlar tomonidan ma'qullandi.
Yangi qonun loyihasini işlab çiqiş zarurati sifatida amaldagi qonunda (amaldagi qonun 1998 yil 25 dekabrda qabul qilingan bölib, 30ta moddadan iborat. Bugungi kunga qadar unga 15 marta özgartiriş va qöşimçalar kiritilgan) umumiy tusga ega bölgan va işlamaydigan normalar mavjudligi, ular reklama faoliyati bilan boğliq munosabatlarni töliq qamrab olmagani aytilgan. Şuningdek, yangi qonunning yaratilişi reklama faoliyatiga qöyiladigan talablarning yetarli emasligi, davlat va nodavlat taşkilotlarining reklama sohasidagi vakolatlari aniq belgilanganmagani huquqni qöllaş amaliyotida köplab huquqbuzarliklar sodir etilişiga sabab bölayotgani bilan ham izohlangan.
OAV erkinligiga yana bir zarba
Ammo qonun loyihasidagi bir qança jihatlar tadbirkorlar va jamoatçilik tomonidan e'tirozlarga sabab bölmoqda.
Xususan, qonun loyihasining 18-moddasida şunday bandlar bor:
Quyidagilarni tayyorlaşda homiylik va hamkorlikka yöl qöyilmaydi:
- yangiliklar töğrisidagi axborot-tahliliy körsatuvlarda;
- reklama roliklari va bloklarida;
- teleradiodasturlarning anonslari va bloklarida.
Bu esa özini özi moliyalaştiradigan bir qança xususiy telekanallar va OAVni qattiq xavotirga solyapti. Xususan, Kun.uz boğlangan «Mening Yurtim» telekanali rasmiysi bu bandlarga qat'iy reaksiya bildirdi.
«Xususiy telekanal bölganimiz sababli barça yaratilayotgan körsatuvlar, dasturlar homiylik tölovlari orqali moliyalaştiriladi. Homiylarning bundan oladigan manfaati esa teledasturlarning anonslarida öz reklamalarining çiqişi hisoblanadi.
















