O‘zbekiston | 23:18 / 28.05.2021
7000
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi zelandiyalik jinoyatchi politsiyaga taslim bo‘lish uchun vertolyot yolladi

Yangi Zelandiyada odil sudlovdan qochib yurgan Jyeyms Brayant ismli erkak politsiyaga taslim bo‘lish uchun vertolyot yolladi. Ma'lumotlarga ko‘ra, qurol bilan hujum qilishda ayblangan erkak mamlakatning Shimoliy Otago regionida 5 haftacha yashirinib yurgan.

Foto: pixabay.com

Qochoqning ta'kidlashicha, unda «izsiz g‘oyib bo‘lish uchun yetarlicha vaqt bo‘lgan». Biroq u advokat Artur Teylor bilan maslahatlashgach, xavfli jinoyatchi deb topilmasligi uchun politsiyaga taslim bo‘lishga qaror qilgan.

Uning aytishicha, u yashirinib yurgan vaqtida yoga bilan shug‘ullangan va o‘zini osoyishta tutgan. 

Eng qizig‘i, Brayant «yorqin ko‘rinish uchun» vertolyot yollagan va unda politsiya bo‘limiga uchib borgan. U yo‘lda restoranga kirib, tamaddi qilib olishga ham ulgurgan.

Qochoqqa qurol bilan hujum qilish, jarohat yetkazish va zararli axborotni tarqatish kabi ayblovlar qo‘yilmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid