Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kolumbiya g‘arbidagi tartibsizliklar natijasida kamida 10 kishi halok bo‘ldi
Kolumbiya prezidenti Ivan Duke Kali politsiyasiga tartibni tiklashda yordam berish uchun shaharga qo‘shimcha qo‘shin jo‘natishga buyruq berdi.
Foto: Mauricio Dueñas Castañeda/EPA
Kolumbiya g‘arbida o‘tkazilgan norozilik aksiyalari vaqtida sodir bo‘lgan tartibsizliklar oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Efe Eme radiostansiyasi xabar berdi.
Radiostansiyaning ma'lumot berishicha, Kali shahridagi tartibsizliklar butun kun mobaynida davom etgan. Qayd etilishicha, shaharning turli rayonlarida kamida 10 kishi halok bo‘lgan. Bundan tashqari, ko‘plab talonchilik holatlari sodir etilgan.
Kolumbiya prezidenti Ivan Duke Kali politsiyasiga tartibni tiklashda yordam berish uchun shaharga qo‘shimcha qo‘shin jo‘natishga buyruq berdi.
Kolumbiyada 28 apreldan buyon soliq islohotiga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazilmoqda. Bogote, Kali, Medelin va boshqa shaharlarda tartibsizliklar yuz bergan. Ma'lumotlarga ko‘ra, 2,2 mingdan ortiq kishi jarohatlangan, 43 kishi halok bo‘lgan.
Keyinchalik hukumat islohot rejalariga o‘zgartirishlar kiritishga rozi bo‘ldi, ammo norozilik namoyishlari to‘xtamadi.
Mavzuga oid
20:46 / 08.01.2026
Tramp avvalroq «kasal» deb atagan Kolumbiya prezidenti bilan suhbatlashdi
23:13 / 05.01.2026
Men aybsizman va hamon mamlakatim prezidentiman – Maduro Nyu-Yorkda ilk sud majlisida ishtirok etdi
19:32 / 05.01.2026
Kolumbiya prezidenti Trampning tahdididan keyin xalqdan yordam so‘radi
16:01 / 05.12.2025