O‘zbekiston | 12:28 / 29.05.2021
4293
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Yana bir bemor vafot etdi, kasalxonadagi bemorlar soni 3,6 mingdan ortiq

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda respublikaning barcha hududlarida jami 300ga yaqin kasallanish holati aniqlanib, bir nafar bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 28 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 99844 (+264) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 9 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 6 nafari Andijon viloyatida,
  • 2 nafari Buxoro viloyatida,
  • 8 nafari Jizzax viloyatida,
  • 9 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 4 nafari Namangan viloyatida,
  • 49 nafari Samarqand viloyatida,
  • 4 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 5 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 14 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 4 nafari Xorazm viloyatida,
  • 43 nafari Toshkent viloyatida,
  • 105 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 12 nafar,
  • Buxoro viloyatida 4 nafar,
  • Jizzax viloyatida 3 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 13 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 13 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 7 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 1 nafar,
  • Toshkent viloyatida 55 nafar,
  • Toshkent shahrida 171 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 95529 (+279) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 688 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3627 nafar bemor davolanmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid