Qömita ötkazgan tahlillar sohada qator tizimli muammo hamda kamçiliklar mavjudligini körsatgan.

2021 yil 1 yanvar holatiga respublikadagi jami 184,8 ming km avtomobil yöllari (jumladan, 42,9 ming km umumiy foydalanişdagi, 132 ming km içki xöjaliklararo, 24,8 ming km idoraviy avtomobil yöllari va 9,9 ming km şahar köçalari)ning 77,9 ming km  qismi yoki 42,2 foizi ta'mirtalab holatda.

Ayrim avtomobil yöllarini qayta quriş va ta'mirlaş işlari yildan yilga ötib, çözilib ketmoqda va yakuniga yetkazilmagan.

Hisobotda ta'kidlanişiça, belgilangan me'yorlarga zid ravişda yöl qoplamasiga mayda donali ziç asfalt-beton qoplamasini yotqizmasdan, yirik donali ğovak asfalt-betonli quyi qatlam bilan qoldirilmoqda. Bu yöllarda transport vositalarining muntazam harakatlanişi oqibatida yöl qoplamalari juda tez buzilişiga olib keladi.

Şuningdek yoğingarçilik va ob-havo bilan boğliq boşqa omillar ham sifatsiz yöllarning qisqa muddatlarda yaroqsiz holga kelişiga sabab bölmoqda.

Bundan taşqari, ajratilgan mablağlarning maqsadsiz sarflanişini keltirib çiqarayotgan sabablar fuqarolarning avtomobil yöllarining bugungi holatidan noroziligini ham kuçaytirayotgani ta'kidlangan.

«Eng açinarlisi, avtomobil yöllarining ta'mirlaş işlari olib borilayotgan yoki oxiriga yetkazilmasdan qolib ketgan hamda ta'mirlanişi lozim bölgan joylarida fuqarolar jarohati va ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisalari sodir bölmoqda.

Xususan, 2019-2020 yillar davomida yuz bergan 556 ta ana şunday yöl-transport hodisasi oqibatida 240 kişi vafot etgan, 481 kişi jarohat olgan.

Özbekiston Prezidentining 2019 yil 9 dekabrdagi farmoni bilan umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllarini, mintaqaviy avtomobil yöllarini, köpriklarni, yöl ötkazgiçlarni va boşqa sun'iy inşootlarni quriş, rekonstruksiya qiliş va kapital ta'mirlaş, şuningdek, ularni loyihalaştiriş böyiça işlar