Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada koronavirusni ko‘z tasviri orqali aniqlovchi texnologiya ishlab chiqildi
Ispaniyada odamning ko‘zi fotosurati orqali u koronavirusga chalingani yoki yo‘qligini aniqlovchi texnologiya taqdim etildi. Ushbu texnologiya Valensiyadagi tamaddixonalardan birida tashrif buyuruvchilarda sinovdan o‘tkazilgan.
Buning uchun tamaddixonaga kirish joyida mijozlarga faqatgina ko‘zni suratga oluvchi maxsus ko‘zoynaklar berilgan. So‘ngra sun'iy ong maxsus algoritmlar yordamida olingan tasvirni tahlil qilgan. RTVE telekanalining xabar berishicha, natijani olish uchun bor-yo‘g‘i 3 soniya talab etiladi.
Ispaniya, AQSh va Xitoy olimlarini birlashtirgan OcuTech deb nomlangan ushbu loyiha rahbari Paula Bonedning ta'kidlashicha, olimlar bir necha oylik tadqiqotlardan keyin koronavirusga xos alomatlar ko‘zlarda aks etishini aniqlashgan. Uning ta'kidlashicha, shifokor va muhandislarning birgalikdagi sa'y-harakatlari evaziga ko‘zlarda aynan koronavirus keltirib chiqaradigan shamollash jarayonini aniqlovchi algoritm ishlab chiqilgan.
Texnologiya olingan tasvirni tahlil qilib, odamda koronavirus bor-yo‘qligini prognoz qiladi. Suratlar tahlildan keyin yo‘q qilib yuboriladi, sinaluvchiga esa koronavirusga tezkor test topshirish taklif etiladi.
Ushbu texnologiyani taqdim etgan Innoarea Projecs kompaniyasi direktori Alfonso Sorianoning ta'kidlashicha, virusni tekshirishning bunday usuli gavjum joylar: aeroport, ko‘ngilochar markazlar, mehmonxona va restoranlar uchun juda mos keladi.
Mavzuga oid
10:15 / 26.11.2025
Xorijdan keladigan «ko‘z shox pardasi» bioprotezlari uchun alohida tartib joriy etildi
21:13 / 07.10.2025
Ko‘z ostidagi ko‘karishlar: go‘zallik inqirozimi yoki sog‘liq muammosi?
13:51 / 05.10.2025
Nukuslik qizlar ko‘zni skanerlash orqali kasallikni aniqlovchi startap yaratdi
18:37 / 21.09.2025