Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiy viloyatida joriy yilda yo‘l-transport hodisalari va ular bilan bog‘liq o‘lim holatlari soni oshgan
Navoiy viloyatida joriy yilda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan yo‘l-transport hodisalari va ular bilan bog‘liq o‘lim holatlari ko‘paygan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Navoiy viloyatida joriy yilda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan yo‘l-transport hodisalarining soni sezilarli oshgan.
Jumladan, o‘tgan yilning shu davrida 64ta yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan bo‘lsa, bu yil ularning soni 74tani tashkil etgan.
Jarohatlanganlar soni: 2020 yilda 53 nafar, 2021 yilda 57 nafar bo‘lgan.
Vafot etganlar soni: 2020 yilda 22 nafar, 2021 yilda 27 nafarga oshgan.
Yo‘l-transport hodisalarining sabablari o‘rganilganda, ular:
- tezlikni oshirish,
- transport vositasini mast holda boshqarish,
- charchoq tufayli boshqaruv paytida uxlab qolish,
- qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketish,
- piyodalarga yo‘l bermaslik,
- svetofor ishoralariga bo‘ysunmaslik,
- piyodalarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi oqibatida yuz bergan.
Mavzuga oid
13:47 / 09.06.2026
Navoiyda Tico yuk mashinasi yo‘liga chiqib ketdi
08:53 / 05.06.2026
Tibbiyot birlashmasiga ishga kiritishni va’da qilgan tibbiyot xodimlari ushlandi
11:44 / 22.05.2026
“Talafotlar dron orqali o‘rganilyapti” – Navoiyda sel oqibatlari
18:48 / 21.05.2026