Navoiy viloyati Navbahor tumanida mast holda yölning qatnov qismida yotgan şaxsni maşina urib yuborgan. Oqibatda u oğir tan jarohatlari olib vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, joriy yil 26 may kuni soat 04:30larda davlat ahamiyatiga ega bölgan 4R48 «Zarafşon trakti» avtomobil yölining Navbahor tumani hududidan ötgan qismida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi röy bergan. Qalqon–Uçtut yönalişida harakatlanib kelgan 1987 yilda tuğilgan haydovçi öz boşqaruvidagi Neksiya maşinasida yölning qatnov qismida yotgan, 1984 yilda tuğilgan şaxsni bosib ketgan. Oqibatda u oğir tan jarohatlari olib vafot etgan.

Qayd etilişiça, marhum mast holda bölgan va yölning qatnov qismida uxlab yotgan. Şuningdek, mazkur yöl sifati ham talab darajasida emasligi aniqlangan.

Ta'kidlanişiça, hodisa yuzasidan Navbahor tumani IIB YHXB tomonidan suriştiruv olib borilmoqda.