O‘zbekiston | 08:24 / 01.06.2021
3239
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun O‘zbekistonda issiq va quruq ob-havo saqlanib turadi 

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda issiq va quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Toshkent viloyatida kechasi ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 34-39 daraja issiq, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida ba'zi joylarda 40-43 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, kechasi 12-17 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 37-39 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid