Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX katta miqdordagi giyohvand moddalarning mamlakatga olib kirilishiga chek qo‘ydi
Davlat xavfsizlik xizmati Buxoro viloyati boshqarmasi xodimlarining Davlat bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida “Samarqand - Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi Sirdaryo viloyatidagi “Yangiobod” YPX maskanida to‘xtatildi, deb xabar bermoqda DXX matbuot xizmati.
Avtomashina ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan chet el fuqarosi hamda Toshkent shahrida yashovchi mahalliy fuqaro yonida 3 kg 165 gr. “opiy” giyohvandlik vositasi hamda 35 dona psixotrop tabletka borligi aniqlanib, protsessual tarzda rasmiylashtirib olindi.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ular mazkur giyohvand moddalarni Samarqand shahridagi avtoturargohda xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi bo‘lgan chet el fuqarosidan 15 ming AQSh dollariga sotib olganliklari ma'lum bo‘ldi.
Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu xorijlik haydovchi vaqtincha bo‘lib turgan Samarqand shahridagi avtoturargoh hamda uning boshqaruvida bo‘lgan yuk avtomashinasi ko‘zdan kechirilganda, avtomashina salon qismida 15 ming AQSh dollari hamda u tomonidan avtoturargohning yordamchi binosiga yashirib qo‘yilgan 3 kg 960 gr. “opiy” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olindi.
Aniqlanishicha, Afg‘onistonda yetishtirilgan ushbu narkotik moddalar uchinchi davlat orqali mamlakatga olib kirilgan.
DXX Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Toshkent - Qo‘qon” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan “Neksiya-1” rusumli avtotransport vositasi Dang‘ara tumani hududida to‘xtatildi.
Avtomashina ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Toshkent viloyatining Bekobod shahrida yashovchi 3 nafar fuqaroga tegishli bo‘lgan 1 kg.dan ortiqroq og‘irlikdagi “gashish” giyohvand moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
Ma'lum bo‘lishicha, ushbu giyohvand modda Tojikistonda 7 ming AQSh dollariga sotib olinib, so‘ngra Toshkent viloyati Bekobod tumani hududiga kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilgan. Og‘ufurushlar uni Qo‘qon shahrida sotishni rejalashtirishgan.
Farg‘ona tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro Qirg‘izistonning Qadamjoy rayonida istiqomat qiluvchi shaxs tomonidan o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasidagi sim to‘siqlar ustidan uloqtirilgan 1 kg 367 gr. “gashish” giyohvandlik moddasini qabul qilib olib, kelgusida sotish maqsadida o‘z xonadoniga yashirib qo‘yadi.
DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda uning xonadonidan ushbu giyohvandlik moddasi protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Farg‘ona tumanida kuzatilgan yana bir holatda 1981 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan fuqaro o‘z yashash xonadonida 1981 yilda tug‘ilgan hamqishlog‘idan 983 gr. “gashish” moddasini qabul qilib olgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan ushlandi. Shuningdek, ushbu ajal og‘usini qo‘shni davlatdan olib o‘tishga ko‘maklashgan 1995 yilda tug‘ilgan uchinchi shaxs ham qo‘lga olindi.
Aniqlanishicha, ushbu giyohvandlik vositasi Qirg‘izistonda 6.500 AQSh dollariga sotib olinib, kontrabanda yo‘li bilan respublika hududiga olib o‘tilgan.
DXX Namangan viloyati boshqarmasi va viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Namangan - Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan Namangan shahrida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi “Neksiya-3” avtomashinasi Qamchiq dovonida joylashgan YPX maskanida to‘xtatildi.
Avtomashina ko‘zdan kechirilganda, uning salon qismida Qirg‘iziston Respublikasidan noqonuniy olib kelingan 2 800 dona kapsuladagi “Regapen” va 1 309 dona flakondagi “Tropikamid” kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tarzda rasmiylashtirib olindi.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari doirasida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, deyiladi DXX xabarida.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jaziramadan dengizga: nega Bali, Maldiv va Turkiyani tanlashadi?
Jamiyat | 17:22 / 18.07.2025
-
Uzbekistan Airways bortida chaqaloq dunyoga keldi
O‘zbekiston | 16:21
-
O‘zbekistonda Uels bilan hamkorlikda qo‘shma universitet tashkil etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:07
-
Rossiya rep ijrochi Face'ni qidiruvga berdi
Jahon | 14:57
Mavzuga oid

21:14 / 12.07.2025
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan 14700 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori musodara qilindi

09:12 / 12.07.2025
Iqtisodiyot universitetining kafedra o‘qituvchisi 4 ming dollar bilan ushlandi

10:16 / 10.07.2025
Andijon va Surxondaryoda soliq boshqarmalari bosh inspektorlari ushlandi

15:14 / 08.07.2025