12:22 / 01.06.2021
4226

O‘zbekistonda may oyida narxlar 0,5 foizga ko‘tarildi

 2021 yil may oyida narxlar aprelga nisbatan 0,5 foizga, o‘tgan yilning may oyiga nisbatan esa 10,9 foizga ko‘tarildi.

Foto: Getty Images

Davlat statistika qo‘mitasining xabariga ko‘ra, 2021 yilning may oyida iste'mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,5 foizga qimmatlashdi. Joriy yil boshidan narxlarning o‘sish darajasi 4,6 foizni, o‘rtacha oylik o‘sish darajasi esa 0,9 foizni tashkil etdi. Yillik nisbatda INI o‘sish darajasi 10,9 foizga yetdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, may oyida oziq-ovqat mahsulotlari 14,4 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlar 8,2 foizga, xizmatlar 8,5 foizga qimmatlashgan.

May oyida narxlar oshishi bo‘yicha mevalar va yong‘oqlar sezilarli farq bilan yetakchilik qilib, oy davomida ular 8,9 foizga qimmatlashdi. Bundan tashqari, bir foizlik o‘sish chegarasini shakar, qandolatchilik mahsulotlari va desertlar (1,3 foiz) hamda baliq va boshqa dengiz mahsulotlari (1,1 foiz) ham bosib o‘tdi. Narxlarning pasayishi sabzavotlar, ildizmevalilar, plantaynlar va dukkaklilar (-7,3 foiz) hamda yog‘-moy mahsulotlari (-0,6 foiz) narxlarida qayd etildi.

Avvalroq, aprelda iste'mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1,5 foizga qimmatlashgani ma'lum qilingandi.

Top