Bundan bir neça kun avval UzbekLife kolumnisti tayyorlagan Şengen vizasi qanday paydo bölgani haqidagi maqola e'lon qilingan edi. Bugun uning ikkinçi qismini e'tiboringizga havola qilamiz.
Yevropa Ittifoqiga a'zo mamlakatlar darvozasi “kaliti” sanalgan Şengen vizasi 90 kungaça 26 mamlakat böylab erkin harakatlaniş huquqini beradi. Xususan, Avstriya, Belgiya, Vengriya, Germaniya, Gretsiya, Daniya, Islandiya, Ispaniya, Italiya, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Lixtenşteyn, Malta, Niderlandiya, Norvegiya, Polşa, Portugaliya, Slovakiya, Sloveniya, Finlandiya, Fransiya, Çexiya, Şveytsariya, Şvetsiya va Estoniya davlatlari Şengen şartnomasiga a'zo sanaladi. Mazkur davlatlar fuqarolari hamda “multiviza egasi” yuqorida sanab ötilgan mamlakatlar hududida erkin harakatlana oladi.
Ma'lumot uçun: amaldagi Şengen vizasi bilan Albaniya, Bolgariya, Gibraltar, Kipr, Ruminiya va Xorvatiya davlatlariga boriş mumkin.
Şu bilan birga, bir qator mamlakat fuqarolariga Şengen vizasi oliş kerak emas, ular quyidagilar:
Avstraliya, Andorra, Antigua va Barbuda, AQŞ, Argentina, Bagam orollari, Barbados, Bolgariya, Braziliya, Bruney, Vatikan, Venesuela, Gvatemala, Gonduras, Janubiy Koreya, Isroil, Kanada, Kipr, Kosta-Rika, Makedoniya, Mavrikiy, Malayziya, Meksika, Monako, Nikaragua, Panama, Paragvay, Ruminiya, Salvador, San-Marino, Sent-Kits va Nevis, Serbiya, Seyşel orollari, Singapur, Urugvay, Xorvatiya, Çili, Çernogoriya (Montenegro), Yangi Zelandiya, Yaponiya.

Vizani qayerdan oliş mumkin?
Avvalo, Şengen vizasiga hujjat topşiriş qoidalariga asosan, ariza topşiruvçi ketişni rejalaştirayotgan yoki sayohatining köproq qismini ötkazadigan davlat diplomatik vakolatxonasiga ariza topşirişi zarur. Asosan ariza topşirişni onlayn yoki telefon orqali amalga oşiriş mumkin.
Şuni yodda tutiş lozimki, Şengen vizasiga ariza rejalaştirilgan sayohat boşlanişidan kamida 6 oy oldin topşirilgani ma'qul. Sayohat rejalari aniq bölişi bilanoq tayyorgarlikni boşlaş maqsadga muvofiq. Şengen vizasi uçun arizalarni körib çiqiş muddati odatda 10–15 iş kunini taşkil etadi. Elçixonalar va konsulliklar talablari bir-biridan biroz farq qilsa-da, asosiy tartiblar özgarmaydi.
Hujjatlar röyxati




















