Sayohat qilişni sevuvçi yoki dunyo kezişni orzu qilgan kişi borki, sayohati qiyinçiliksiz va xavfsiz ötişini istaydi. Biroq ba'zi davlatlardagi mavjud viza rejimi sayohatçilar uçun ayrim muammolarni yuzaga keltirişi mumkin.

Ammo dunyoda şunday vizalar ham borki, birgina vizaning özi bir neça davlatlararo ortiqça hujjatlarsiz harakatlaniş imkonini beradi. Şunday vizalardan biri Shengen vizasidir. UzbekLife uşbu maqola orqali mazkur viza haqida atrofliça ma'lumot beradi.

Fransiya va Germaniya tomonidan dastlabki qadam

Yevropa davlatlari örtasidagi fuqarolarning erkin harakatlanişi konsepsiyasi tarixi örta asrlarga borib taqaladi. Biroq uşbu konsepsiya amalga oşirilişi Ikkinçi jahon uruşidan keyingi davrga töğri keldi. 1984 yil 17 iyunda Fransiya hamda Germaniya Federativ Respublikasi örtasida Fonteynblau şahrida ikki mamlakat fuqarolarining erkin harakatlanişiga imkon beruvçi şartnoma tuziladi.

Keyinçalik uşbu şartnoma 1985 yilning 14 iyunida, Germaniya Federativ Respublikasi, Belgiya, Niderlandiya hamda Lyuksemburg davlatlari tomonidan Lyuksemburg janubidagi Mozell daryosi böyidagi kiçik qişloqçada imzolanib, uning şarafiga şartnoma Shengen (Sçengen) nomi bilan ataldi.

1985 yil 14 iyun – Katerine Lalumer (Fransiya), Valdemar Şrekenberger (GFR), Pol De Kirsmeker (Belgiya),
Robert Gebbels (Lyuksemburg) hamda Uim van Eyekelen (Niderlandiya) tomonidan Shengen şartnomasi imzolanmoqda.

Mazkur şartnomaning tuzilişidan asosiy közlangan maqsad davlatlar orasidagi çegaralarda hujjat tekşiruvlariga çek qöyiş edi.

Lyuksemburgdagi Shengen şartnomasi şarafiga qöyilgan monument

Beş yildan söng, aniqroği, 1990 yilning 19 iyuniga kelib, Shengen kelişuvining aniq vazifalarini belgilab beruvçi Konvensiya imzolanadi. Unga köra, a'zo davlatlar orasidagi özaro içki çegara nazorati bekor qilinib, taşqi çegaralar nazoratiga urğu berildi.

Şuningdek, Shengen Axborot Tizimi – SIS (Shengen Information System) barça a'zo davlatlar uçun umumiy bölgan ma'lumotlar bazasi taşkil etilib, yagona şakldagi viza işlab çiqilişi yölga qöyildi. Bundan taşqari, immigratsiya hamda içki nazoratçilar orasida uzviy hamkorlik tizimi taşkil etildi.