Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada koronavirusga qarshi cheklovlar yengillashtirildi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 1 iyundan mamlakatda koronavirus tarqalishiga qarshi kiritilgan ba'zi cheklovlar yengillashtirilishini e'lon qildi.
Endilikda mamlakatda komendantlik soati dushanba–shanba kunlari soat 22dan 5gacha amal qiladi. Yakshanbada kun bo‘yi amal qilgan to‘liq lokdaun saqlanib qoladi. Bungacha komendantlik soati 21dan boshlangandi, shanba kuni ham to‘liq lokdaun amal qilgan.
Kafe va restoranlar soat 7dan 21gacha mijozlarni qabul qilishi mumkin bo‘ladi, taomlarni yetkazish xizmati esa soat 00:00gacha ishlaydi. Shuningdek, dushanba–shanba kunlari soat 7dan 21gacha sport zallari va ko‘ngilochar bog‘lar faoliyat yurita oladi.
Bundan tashqari, to‘y marosimlarini epidemiologik talablarga rioya qilgan holda o‘tkazishga ruxsat berildi.
Turkiyada cheklovlar 17 maydan sekin-asta yengillashtirila boshlagandi. Bungacha respublikada xorijiy sayyohlarga taalluqli bo‘lmagan qat'iy lokdaun amal qilgan. Bu koronavirus tarqalishi sur'atlarini kunlik 50–60 ming holatdan 7–8 minggacha kamaytirishga yordam bergan.
Turkiya yetakchisi hukumat iyunda mamlakatga iloji boricha ko‘proq hajmda vaksinalar yetkazishni va ularni qisqa muddatlarda qo‘llashni boshlashni rejalashtirayotganini ma'lum qilgan. Erdo‘g‘an, shuningdek, yil oxirigacha Turkiyaning o‘z vaksinasi paydo bo‘lishiga umid bildirgan.
Mavzuga oid
10:52 / 15.07.2026
Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga urinishga 10 yil: mamlakatni o‘zgartirgan tun
20:25 / 14.07.2026
Turkiyada Netanyahuni hibsga olish uchun xalqaro order berildi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026