Toşkent metrosining «Sergeli» yönalişida harakatlangan poyezd töxtab qoldi. Kun.uz muxbirining voqea joyidan xabar berişiça, uşbu yönalişda «Çilonzor» yönalişidagi «Olmazor» bekati tomon harakatlangan metro poyezdi yer usti yölida töxtab qolgan.
«8 aprel, soat 10:45. Sergelidan keluvçi poyezd yer usti yölida töxtab qoldi. «Olmazor» va 1-bekat oraliğida töxtagan poyezd maşinistining aytişiça, bunga texnik muammo sabab bölgan.
15 daqiqa kutişdan söng vagonlardan çiqib piyoda yölga tuşdik. Yölda kördikki, sostavni energiya bilan ta'minlovçi qurilmalar parçalanib ketgan va 30-50 metr masofaga soçilgan», – deydi muxbir Ruslan Ramazanov.



«Özbekiston temir yöllari» AJ matbuot xizmati xabar berişiça, yönalişda harakat töxtatilgaç, yönaliş böylab bepul avtobuslar xizmati taşkil etilgan. Ayni vaqtda «Toşkent metropoliteni» UK rahbariyati voqea joyida hodisa sabablarini aniqlamoqda.
Eslatib ötamiz, 2020 yilning 26 dekabr kuni Sergeli tumani aholisiga qulaylik yaratuvçi ikki infratuzilma obekti – yer usti metrosi va yöl ötkazgiç foydalanişga topşirilgandi.
Şuningdek, joriy yil 19 mart kuni «Olmazor» yer osti metro bekatidan Sergeli yönalişining «Çoştepa» yer usti metro bekati tomon harakatlanib ketayotgan 4 vagonli tarkib töxtab qolgan va natijada şu yönalişda harakatlanib kelayotgan navbatdagi tarkib töxtab turgan vagonga borib urilgan.














