Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda mineral resurslarni qayta ishlash bo‘yicha xomashyo bazasi kengaytiriladi - Hukumat qarori
Vazirlar Mahkamasi tomonidan “2021-2022 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi tabiiy-xomashyo va mineral resurslarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha xomashyo bazasini kengaytirish hamda shu asosda qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.
Hujjat prezidentning "2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida" 2019 yil 30 oktyabrdagi PF-5863-son farmonini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan.
Quyidagi investitsiya loyihalarining ro‘yxati tasdiqlandi:
- artemiya tsistalarini chuqur qayta ishlash hajmlarini kengaytirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining ro‘yxati;
- qizilmiya ildizini yetishtirishni ko‘paytirish va ko‘p bosqichli qayta ishlash bo‘yicha investitsiya loyihalarining ro‘yxati;
- vermikulit qazib olishni kengaytirish va uni chuqur qayta ishlash bo‘yicha investitsiya loyihalarining ro‘yxati;
- paxta, ipak va terini chuqur qayta ishlash bo‘yicha yangi investitsiya loyihalarining ro‘yxati;
- ichki tarmoq va tarmoqlararo kooperatsiya asosida kimyo, elektrotexnika va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi investitsiya loyihalarining ro‘yxati.
Hujjatga asosan artemiya tsistalarini yig‘ish va qayta ishlash sohasida ilmiy tadqiqotlar, shu jumladan, artemiya tsistalarini barqaror takror ishlab chiqarish xavflarini baholash, uni yig‘ib olish hajmlarini hisobga olish tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Chet ellik investorlar faqat artemiya tsistalarini chuqur qayta ishlash loyihalari, jumladan, qimmatbaho turdagi dengiz mahsulotlari va baliqlar yetishtirish uchun bioqo‘shimchalar ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirishga jalb etiladi.
Qizilmiya ildizini yig‘ish va qayta ishlash sohasida qizilmiya ildizi plantatsiyalarini, birinchi navbatda, uning mamlakatda o‘smaydigan yangi turlari plantatsiyalarini tashkil qilayotgan korxonalarni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash orqali qizilmiya ildizi xomashyo bazasini kengaytirish va boshqalar rejalashtirilmoqda.
Belgilanishicha, "Orol artemiya sanoati" DUK "Orol artemiya sanoati" agrosanoat zonasi ijro etuvchi organi hisoblanadi.
"Orol artemiya sanoati" agrosanoat zonasi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus komissiyasiga quyidagi vazifalar qo‘yildi:
- artemiya tsistalarini yig‘ish hajmlarini, populyatsiyani kengaytirish sharoitlarini, shuningdek, chuqur qayta ishlash texnologiyalarini asoslash uchun ilmiy tadqiqotlar tashkil etish;
- direksiya faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish.
Direksiyaga boshqalar qatorida, quyidagilar bo‘yicha vazifalar topshirildi:
- Orol dengizi akvatoriyasida artemiya tsistalarini asrab-avaylash, samarali qayta tiklanishi va populyatsiyasini ko‘paytirishni tashkil qilish;
- artemiya tsistalarini noqonuniy va brakonerlik yo‘li bilan yig‘ishning oldini olish uchun qirg‘oqni qo‘riqlashni tashkil etish.
2021 yil 1 iyundan boshlab:
- artemiya tsistalarini yig‘ish hajmlari maxsus komissiya tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi hamda Fanlar akademiyasining tavsiyalari hisobga olingan holda belgilanadi;
- artemiya tsistalari tasdiqlangan kvotalar doirasida yig‘ib olinadi;
- artemiya tsistalarini qayta ishlash uchun kvotalar har yili birlamchi va chuqur qayta ishlash bo‘yicha moddiy bazaning mavjudligini tekshirish natijalari asosida beriladi;
- artemiya tsistalarini qayta ishlaydigan korxonalarga yetkazib berishning cheklangan narxi maxsus komissiya tomonidan belgilanadi va yig‘ish xarajatlarini, shuningdek, direksiyaning unga yuklangan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq xarajatlarini o‘z ichiga oladi.
Mavzuga oid
19:19 / 11.06.2026
Qoraqalpog‘istonda soxta hisobotlar ortidan yuzlab million so‘mlik subsidiyalar olingan
09:20 / 27.05.2026
Toshkentdan Qoraqalpog‘istongacha “yashil” texnikumlar tashkil etiladi
08:37 / 25.05.2026
O‘zbekistonda kripto-mayningni nazorat qilish kuchaytiriladi
20:53 / 15.05.2026