Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Koronavirus ko‘rsatdi, ortiqcha vazni bor odamlarni saqlab qolish qiyin bo‘ldi». Prezident sog‘liqni saqlash sohasi mutasaddilariga yangi topshiriq berdi
Surxondaryo faollari bilan yig‘ilishda davlat rahbari aholi salomatligi bo‘yicha ham to‘xtalib o‘tdi va vaziyat jiddiyligini ta'kidladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
“Afsuski, Surxondaryo aholisining salomatligi qoniqarli emas. Koronavirus ko‘rsatdi, ortiqcha vazni bor odamlarni saqlab qolish qiyin bo‘ldi. [Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Amrillo] Inoyatovga topshiriq, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutasaddilari har hafta kamida bir soat televideniyeda chiqish qilsin, aholiga sog‘lom turmush tarzini tushuntirsin.
Mana, surxondaryolik bir ayol Hindistonda jigar ko‘chiraman deb og‘ir ahvolda qolibdi. Qizi televideniyeda yig‘lab chiqdi. Mening ko‘zlarimga yosh keldi. Shu kuniyoq hammani oyoqqa turg‘izdim va kerakli yordamni berdik. Surxondaryoda bunday bemorlar kammi?” – dedi davlat rahbari.
Bunga javoban Amrillo Inoyatov shunday dedi: “Chindan ham bu masala juda jiddiy. Siz, prezident xonadonlarga kirib chiqyapsiz, vazir va vazir o‘rinbosarlari bemorlar bilan bevosita shug‘ullanishyapti, lekin tuman boshqarmalari amaldorlari kasalni borib ko‘rmaydi ham. Endi bu masala bilan jiddiy shug‘ullanamiz. Ko‘p yo‘nalishlarda, ayniqsa yurak qon-tomir kasalliklarida bemorlar Toshkentga borib yurishlariga chek qo‘yamiz”.
Mavzuga oid
18:21 / 17.01.2026
Surxondaryoda avtosalon mansabdori yuzlab odamni chuv tushirdi
11:12 / 14.01.2026
Surxondaryoda 9-sinf o‘quvchisi 11-sinf o‘quvchisi tomonidan zo‘rlangani aytilmoqda
13:13 / 30.12.2025
Farg‘ona vodiysi va Surxondaryoga tezyurar elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
17:52 / 24.12.2025