Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMW Xitoyda elektromobillarni quvvatlantirishga mo‘ljallangan 360 mingta stansiya quradi
Ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda 2020 yilda 1,2 mln dona elektromobil sotilgan.
Germaniyaning BMW avtokonserni Xitoyda elektromobillarni quvvatlantirishga mo‘ljallangan 360 mingta stansiya qurishni rejalashtirdi. Bu haqda avtokonsernning Xitoydagi bosh direktori Yohen Goller ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2023 yilga borib kompaniyaning Xitoyda elektromobillar sotuvidagi ulushi 25 foizni tashkil etadi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda 2020 yilda 1,2 mln dona elektromobil sotilgan.
O‘tgan yili e'lon qilingan strategiyaga ko‘ra, Xitoy 2060 yilga borib atrof-muhitga zararli chiqindilar umuman chiqarilmaydigan mamlakatga aylanishi lozim. 2025 yilga borib mamlakatda elektromobillar sotuvi ulushi hozirgi 5 foizdan 20 foizga yetkazilishi kerak.
Mavzuga oid
09:42 / 19.06.2026
Rivian Teslaʼga raqobatchi avtopilot tayyorlamoqda
11:10 / 18.06.2026
Jaguar Land Rover elektromobillarga oid rejalarini o‘zgartirdi
21:02 / 15.06.2026
BMW tajovuzkor M3 Neue Klasse elektromobili konsepsiyasini taqdim etdi
10:08 / 11.06.2026