Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onalik 21 yoshli talaba fermer besh yildan buyon ota kasbi etagini tutib kelmoqda
Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida istiqomat qilib kelayotga qahramonimiz yosh bo‘lishiga qaramay hayotning achchiq chuchugini tatishga ulgurgan. 21 yoshli fermer marhum otasidan qolgan fermer xo‘jaligini boshqarib kelmoqda.

Amindaryo ko‘chasida joylashgan «Dilshod» fermerlik xo‘jaligini mana, 5 yildirki, 21 yoshli Dostonbek Rasuljonov boshqarib kelyapti.
2016 yilda mash'um avtohalokat oqibatida otasidan ayrilib qolgan Dostonbek gardaniga otasi boshqarib kelayotgan fermer xo‘jaligiga rahbarlik qilish tushadi. 16 yoshli Dostonbek mas'uliyatni his qilib xo‘jalikni boshqarishga kirishadi.
Hozirda yosh fermer Farg‘ona Politexnika instituti iqtisodiyot fakulteti 1-bosqich talabasi. U oliygohda o‘qish bilan birga fermerlik ishini ham uddalab kelyapti.
«Fermer xo‘jaligimiz 1992 yilda tashkil topgan. Chorva va parrandalar boqamiz. 10 gektar yerda faoliyat olib boramiz. Shundan 5 gektari uzumzor, 2 gektari gilos bog‘i, 2 gektari olmazor. Mevali daraxt tagidan ham unumli foydalanamiz. Daraxtlar tagiga asosan kartoshka, pomidor ko‘chatlarini ekkanmiz. 500 tup gilosimiz bor. Gilos mevasi hosilni yaxshi beryapti. Aksariyat mevalarimiz daromadga kirgan.
Bundan tashqari, tut daraxti ham ekkanmiz. Ipak qurti boqishda bu bizga juda ham qo‘l kelyapti. Hozirda xo‘jaligimizda 12 nafar ishchi muntazam ish bilan ta'minlangan. Ot, g‘oz, tovuq ham parvarish qilinadi.
Bu yerlarni hosildor yerga aylanishida otamning hissasi beqiyos. Otam vafotidan keyin fermer xo‘jaligini boshqarish o‘zimga qolgan. Xo‘jalikni boshqarish avvalida ancha qiyin kechgan.
Kelgusidagi rejalarimiz haqida gapiradigan bo‘lsam, fermer xo‘jaligimizni parrandachilik hamda sutni qayta ishlash korxonasi hisobiga kengaytirib yana 30 ta ish o‘rni yaratmoqchimiz. 50 bosh zotdor qoramolimiz bor. Ular bir kunda 200-250 litr sut beradi. Yaqin kelajakda sutni o‘zimizda qayta ishlab sut mahsulotlari ishlab chiqarishni reja qilib turibmiz. Parrandachilikni ham o‘zimizda rivojlantirmoqchimiz», — deydi Kun.uz muxbiri bilan suhbatda yosh fermer Dostonbek Rasuljonov
Ota kasbni sharaf bilan davom ettirayotgan umidli yosh tadbirkor Dostonbek Rasuljonov bilan suhbatimiz nihoyasiga yetib xayrlashar ekanmiz, uning ishlariga omad va zafarlar tiladik.
Sarvar Ziyayev, Kun.uz muxbiri
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

11:16 / 26.07.2025
Ikki hududda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi

15:01 / 25.07.2025
Farg‘onada ommaviy bezorilik uyushtirgan Otabek Vallomov 6,5 yilga qamaldi

12:14 / 22.07.2025
Farg‘ona viloyatida "Nexia-3" jarlikka ag‘darilib ketdi, 18 yoshli bola halok bo‘ldi

21:56 / 19.07.2025