22:59 / 04.06.2021
16116

Oq uy Bayden Putin bilan nimalarni muhokama qilishi haqida ma'lumot berdi

Rossiya va AQSh prezidentlari 16 iyun kuni Jyenevada uchrashadi.

Foto: Aleksandr Zemlyanichenko / AP

AQSh prezidenti Jo Bayden rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashuvida AQSh Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlaydi. Bu haqda Oq uydagi milliy xavfsizlik kengashining Rossiya va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta direktori Erik Grin ma'lum qildi.

«Rossiya bizning diplomatik platformamizga nisbatan qo‘ygan cheklovlarni muhokama qilamiz. Kun tartibida Eron, Shimoliy Koreya, Suriya, Afg‘oniston, Arktika va iqlim o‘zgarishi ham bo‘ladi. Belarus va fuqaro aviatsiyasi me'yorlariga rioya qilish zarurligi haqida ham gaplashamiz», — dedi Grin.

Rossiya va AQSh prezidentlari 16 iyun kuni Jyenevada uchrashadi.

Avvalroq Oq uy uchrashuvda Ukraina va Belarusdagi vaziyat muhokama qilinishini ma'lum qilgandi. Bundan tashqari, Vashington ikki davlat rahbarlari strategik barqarorlik masalasini muhokama qilishga «ancha vaqt sarflashini» kutmoqda.

Mavzuga oid
Top