20:43 / 04.06.2021
48873

Qozog‘iston aholisi soni ma'lum qilindi

Foto: Tengrinews.kz/Turar Kazangapov

Qozog‘iston milliy statistika byurosi 2021 yil 1 may holatiga ko‘ra respublika aholisi sonini ma'lum qildi. Bu ko‘rsatkich 18 mln 962 ming 892 kishini tashkil etmoqda.

Qozog‘istonda joriy yil boshida 18 mln 879 ming 552 kishi borligi qayd qilingan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, 4 oy ichida aholi soni 83 ming 340 nafarga ko‘paygan.

Respublika hududlari kesimida aholi soni Almati oblastida ko‘pchilikni tashkil qilmoqda. Ushbu hududda 2 mln 86 ming 387 kishi yashaydi. 2-o‘rinni Turkiston oblasti egallab, unda 2 mln 52 ming 484 kishi istiqomat qiladi. Almati shahrida 1 mln 993 ming 67 kishi, Qarag‘anda oblastida 1 mln 376 ming 101 kishi va Sharqiy Qozog‘iston oblastida 1 mln 362 ming 583 kishi yashamoqda.

Poytaxt Nur-Sulton aholisi soni 1 mln 199 ming 83 nafarni tashkil qilib, joriy yil boshidan beri 14 ming 672 nafarga ko‘paygan.

Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonning qishloq aholisi soni 7 mln 741 ming 832 kishini, shahar aholisi esa 11 mln 221 ming 60 kishini tashkil qilmoqda. 

Top