Mart oyidagi saylovlarda 49 yoşli Bennet rahbarligidagi «Yamina» (töliq nomi «Xa-Yamin Xa-Xadaş» - ivr. «Yangi önglar») 120 örinli knessetda 7 örinni qölga kiritgan, ammo ikki asosiy partiyaning kuçlari teng bölib qolgan şaroitda uning fraksiyasi tarozi pallasini u yoki bu tomonga oğdira oladigan vazn bölib qolmoqda.
Bennetga hozirgi boş vazir Binyamin Netanyahu ham, muxolifat rahbari Yair Lapid ham boş vazirlik lavozimini taklif etdi.
Bennet, markazçi Lapid bilan ğoyaviy jihatdan yaqin emasligiga qaramasdan, aynan muxolifatçilar tomonga ötdi - bu esa 12 yil mobaynida uzluksiz mamlakatni boşqargan Netanyahuning davriga yakun yasaydi.

Naftali Bennet Hayfada tuğilgan, uning ota-onasi AQŞdan köçib kelişgan. U ham Netanyahu kabi Isroil armiyasining mamlakat duşmanlari hisoblangan şaxslarni qölga oliş hamda garovdagilarni ozod qiliş kabi amaliyotlarni bajaruvçi maxsus bölinmasi «Sayyeret Matkal»da xizmat qilgan.
Bennetni bir paytlar Netanyahuning qanoti ostidagi odam deb hisoblaşgan: 2006-2008 yillarda u öşa vaqtda muxolifat yetakçisi bölgan Netanyahuning apparati rahbari bölgan. Ammo keyin ular janjallaşib qolişgan va u ta'lim sohasini islohot qiliş rejasini işlab çiqiş bilan şuğullangan jamoani boşqargan. U 2010 yildan 2012 yilgaça yahudiylarni Samariya va Ğazoga köçiriş kengaşi direktori bölgan, bu hududlardagi qurilişlarni muzlatişga qarşi harakatga rahbarlik qilgan. 2012 yilda «Isroillik» harakatiga asos solgan. Bu orada u «Likud»ni butunlay tark etgan va öngçilarning «Yahudiy uyi» partiyasiga ötgan, keyinroq u öz nomzodini partiya rahbarligi uçun qöygan, içki saylovda 67 foiz ovoz olib, 2012 yil kuzida partiya raisi etib saylangan.
Bennet 2019 yilga qadar, uning hozirgi yangi taşkil etilgan partiyasi navbatdagi parlament saylovlarida muvaffaqiyatsizlikka uçragunça turli vazirlik lavozimlarida işlagan (2013-15 yillarda iqtisodiyot vaziri, xuddi şu davrda Din işlari böyiça vazir, 2015-2019 yillarda Isroil ta'lim vaziri). Ammo keyingi navbatdan taşqari saylovlarda Bennet parlamentga qaytgan va 2019 yil noyabridan 2020 yil mayiga qadar Isroil mudofaa vaziri bölgan.














