Sport | 14:25 / 07.06.2021
4840
2 daqiqa o‘qiladi

DXX Toshkent shahrida yoshlar uchun futbol turniri o‘tkazadi

Bugungi kunda aholi va, ayniqsa yoshlar orasida sportni keng targ‘ib etish, yoshlarni foydali mashg‘ulotlarga jalb qilish, sport va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish maqsadida turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Davlat xavfsizlik xizmati yoshlarni birlashtiruvchi va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli hamda foydali o‘tishini ta'minlash maqsadida mini-futbol bo‘yicha Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i kubogi musobaqasini tashkil etdi.

May oyida ushbu kichik turnirning tuman bosqichlari o‘tkazilib ularda Toshkent shahridagi 524ta mahalladan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar qatnashdi.

Turnirning yakuniy bosqichi 7-10 iyun kunlari «JAR» sport majmuasida o‘tkaziladi.

Bugun 7 iyun kuni «Hilton» mehmonxonasida shahar bosqichi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda saralash bosqichida faol ishtirok etgan eng yaxshi o‘yinchilar DXX Toshkent shahar boshqarma boshlig‘i Xurshid Bilalov tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, turnir g‘olibligi uchun kurashayotgan jamoalarga qur'a tashlandi. Musobaqa g‘olibi O‘zbekiston DXX raisi kubogida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid