O‘zbekiston | 10:28 / 09.06.2021
6760
2 daqiqa o‘qiladi
Koronavirus: Yana ikki bemor vafot etdi, shifoxonalarda davolanayotganlar soni 3,2 mingdan ortiq
Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda mamlakatda 300 nafardan ortiq bemor sog‘ayib, 2 nafar bemor vafot etgani haqida xabar berdi.
«2021 yil 8 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 102362 (+199) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 4 nafari Andijon viloyatida,
- 4 nafari Buxoro viloyatida,
- 7 nafari Jizzax viloyatida,
- 14 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 2 nafari Navoiy viloyatida,
- 2 nafari Namangan viloyatida,
- 12 nafari Samarqand viloyatida,
- 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 5 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 3 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 1 nafari Xorazm viloyatida,
- 32 nafari Toshkent viloyatida,
- 110 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Buxoro viloyatida 9 nafar,
- Jizzax viloyatida 14 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 11 nafar,
- Navoiy viloyatida 2 nafar,
- Namangan viloyatida 5 nafar,
- Samarqand viloyatida 23 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 23 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 3 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 7 nafar,
- Xorazm viloyatida 7 nafar,
- Toshkent viloyatida 30 nafar,
- Toshkent shahrida 182 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 98445 (+316) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 701 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3216 nafar bemor davolanmoqda.
Mavzuga oid
11:40 / 13.12.2022
O‘zbekistonda kunlik koronavirus statistikasi sezilarli pasaydi
10:54 / 07.12.2022
Toshkent shahrida bir kunda 100 dan ortiq kishida koronavirus aniqlandi
10:10 / 04.12.2022
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar soni fevraldagi darajaga qaytdi
11:15 / 02.12.2022