Bir yoqda jamiyatda byurokratizm va hujjatbozlikka qarşi kuraşilayotgan paytda ba'zi joylarda ba'zi idoralar xodimlari nafaqat bu ikki illat, balki mumtoz asarlar qahramonlarinida doğda qoldiruvçi hiylakorliklar böyiça «master-klass» ötişyapti. Bu yerda eng e'tiborlisi – mazkur xodimlarning har qanday mantiqiy hadlarni kiprik qoqmay buzib ötişi!

Toşkent viloyatining Yangiyöl tumani soliq inspeksiyasi tomonidan şu kunlarda fermerlarga yuborilgan xabarnomalar bunga bir misol böla oladi. Tumandagi yuzlab fermerlarga qöşimça soliqlarni tölaş zarurligi töğrisida deyarli bir xil (hujjatlarning tuzilişi böyiça) «baxt xatlari» yuborilib, katta miqdorda qöşimça hisoblangan soliqlarni tölaş talab etilgan.

Mana şunday xabarnomalardan bittasi:

Bu esa «samarasiz» deb topilgan va «qöşimça soliq»qa tortilayotgan xöjaliklarning kiçik bir qismi:

Kun.uz Iqtisodiy rivojlanişga kömaklaşiş markazi (CED) direktori Yuliy Yusupovning uşbu holatga nisbatan fikr-mulohazalari bilan qiziqdi. Mutaxassis Yangiyölda röy berayotgan holat oldida nur va zulmatni mavhumlik holatida tasvirlay olgan buyuk adib Frans Kafkaning mantiği ham ojiz qolişi haqida gapirdi...

Normativlar, xususiy tadbirkorlik tamoyillari va ilmiy-texnik taraqqiyot standartlari haqida

92 gektar yer maydoniga ega bölgan bir fermerga yuborilgan xabarnomada qayd etilişiça, xöjalikning uşbu turi va hajmida 104 nafar işçi yollanişi kerak ekan. Şuningdek, suğoriladigan yer maydoni uçun suvni iste'mol qiliş me'yorlari mavjud: 92 gektar maydon uçun 822,1 kub / m.

Körinib turibdiki, yuqoridagi hujjatda qişloq xöjaligi mahsulotlarining ayrim turlarini işlab çiqarişda korxonalar tomonidan sarflanadigan taxminiy örtaça xarajatlar miqdori körsatilgan. Şuni alohida ta'kidlaş kerakki, uşbu standartlar majburiy emas va majburiy bölişi mumkin ham emas. Bular, asosan, işlab çiqariş jarayonini rejalaştirişda foydali bölgan maslahatlargina, xolos. Masalan, agar guruç yoki pomidor yetiştirmoqçi bölsangiz, bu kabi qöllanmalar sizga qança işçi yollaşingiz, öğitlar miqdori, yer maydoni, suv sarfi va hokazolarni töğri hisoblaşda yordam beradi. Ammo siz uşbu resurslardan foydalanişga majbursiz degani emas.