O‘zbekiston | 10:19 / 10.06.2021
11482
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Kunlik holatlar soni yana 200dan osha boshladi, bir bemor vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 200dan ortiq yangi kasallanish holati aniqlanib, sog‘ayganlar soni 200dan kamroq bo‘lgani, bir bemor vafot etgani haqida xabar berdi. Shifoxonalarga yotqizilgan bemorlar soni yana 3,3 mingdan oshgan.

«2021 yil 9 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 102605 (+243) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

So‘nggi kunlarda kunlik kasallanish holatlari soni 200dan oshmayotgandi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 6 nafari Andijon viloyatida,
  • 7 nafari Buxoro viloyatida,
  • 27 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 1 nafari Navoiy viloyatida,
  • 4 nafari Namangan viloyatida,
  • 25 nafari Samarqand viloyatida,
  • 4 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 7 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 13 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 6 nafari Xorazm viloyatida,
  • 33 nafari Toshkent viloyatida,
  • 108 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 8 nafar,
  • Jizzax viloyatida 14 nafar,
  • Namangan viloyatida 4 nafar,
  • Samarqand viloyatida 24 nafar,
  • Toshkent viloyatida 34 nafar,
  • Toshkent shahrida 107 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 98592 (+191) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 702 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3311 nafar bemor davolanmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid