Islom olamining muqaddas kitobi Qur'oni Karimning eng qadimgi qölyozmalaridan biri – Katta Langar Qur'onini restavratsiya qiliş işlari nihoyasiga yetdi.

Restavratsiya işlari 2019 yilda boşlangan edi. Madaniyat va san'atni rivojlantiriş jamğarmasi hamda Özbekiston musulmonlar idorasi hamkorligidagi loyiha uçun Fransiyaning Luvr muzeyi mutaxassislari jalb etilgan.

Jamğarma boşqaruv raisining örinbosari Saida Mirziyoyeva qadimiy muşaf endilikda yana köp asrlar butun insoniyatning ma'naviy boyligi bölib qolişini ta'kidladi.

«Katta Langar Qur'oni sahifalari yana köp asrlar nafaqat biz – özbekistonliklar, balki butun dunyo musulmonlari, butun insoniyatning ma'naviy boyligi bölib xizmat qiladi, degan umiddamiz», – deya yozib qoldirdi Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ma'lumot uçun, Katta Langar Qur'oni Qaşqadaryo viloyati Qamaşi tumanidagi Langar ota masjidida uzoq vaqt saqlangani bois şunday nom olgan.

Bugungi kunda Özbekistonda mazkur qölyozmaning 17 ta sahifasi mavjud. Muşaf VIII asrda bitilgan deb hisoblanadi, uning çarm muqovasi XIV asrga tegişli.

Arabiy yozuv usullarining eng qadimiy turlaridan bölgan köfiy-hijoziy xatida bitilgan qölyozma oşlangan buzoq terisi – pergamentga muhrlangan. Sahifalarning örtaça hajmi – 53x35 sm.

Restavratsiyaning 1-bosqiçi. 2019 yil noyabr

Restavratsiya işlari Özbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasining restavratsiya laboratoriyasida olib borildi. Jarayonda Luvr muzeyi restavratorlari Aksel Delo va Aurelya Streri, Özbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasining mudiri Kamoliddin Mahkamov va kutubxonaning yetakçi mutaxassisi, restavrator Saidrahmat Ikromov, Özbekiston milliy kutubxonasi konservatsiya va restavratsiya bölimi boş mutaxassisi Şuhratilloh Pölatov, Madaniyat va san'atni rivojlantiriş jamğarmasining Madaniy hamkorlik bölimi boşliği Bobur Mirzo Sayomov iştirok etdi.