Katta Langar Qur'oni Qaşqadaryo viloyati Qamaşi tumanidagi Langar ota masjidida uzoq vaqt saqlangani bois şunday nom olgan bölib, Islom olamidagi eng qadim tarixga ega Muşaf qölyozmalaridan biri sanaladi.
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantiriş jamğarmasi va Özbekiston musulmonlar idorasi şafe'ligida mazkur qölyozma sahifalarini restavratsiya qiliş işlari olib borilmoqda. Mazkur jarayonga Fransiyaning Luvr muzeyi restavrator mutaxassislari jalb qilingan.

6-12 noyabr kunlari tiklaş işlarining birinçi bosqiçi yakunlandi. Keyingi yilning fevral oyidan restavratsiya davom ettiriladi, sentabr oyidagi uçinçi bosqiç işlaridan söng jarayon yakunlanadi.
«Hozirgaça 5ta sahifa muvaffaqiyatli tarzda töliq restavratsiya qilindi, ular hozir bosmada saqlanmoqda», ─ deydi loyiha kuratori.

Restavratsiya jarayonini olib borayotgan mutaxassislar Kun.uz bilan suhbatda qölyozmaning holati haqida gapirib berdi.


«Katta Langar Qur'onining [Özbekiston Musulmonlar idorasida saqlanayotgan qismi] 12ta birlaştirilgan sahifa va bitta alohida ─ jami 13ta sahifadan iborat. Sahifalar XIX asrda muqovalangan. Qur'onning özi esa VIII asrda bitilgan deb hisoblanadi.
















