O‘zbekiston | 10:11 / 11.06.2021
13288
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Kunlik kasallanish holatlari 300ga yaqin, yana ikki bemor vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonning barcha hududlarida yangi kasallanish holatlari qayd etilib, 2 nafar bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 10 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 102892 (+287) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 6 nafari Andijon viloyatida,
  • 4 nafari Buxoro viloyatida,
  • 15 nafari Jizzax viloyatida,
  • 17 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 4 nafari Navoiy viloyatida,
  • 5 nafari Namangan viloyatida,
  • 28 nafari Samarqand viloyatida,
  • 2 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 20 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 9 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 5 nafari Xorazm viloyatida,
  • 39 nafari Toshkent viloyatida,
  • 132 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 10 nafar,
  • Andijon viloyatida 14 nafar,
  • Buxoro viloyatida 4 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 19 nafar,
  • Navoiy viloyatida 8 nafar,
  • Namangan viloyatida 4 nafar,
  • Samarqand viloyatida 26 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 13 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 18 nafar,
  • Xorazm viloyatida 12 nafar,
  • Toshkent viloyatida 37 nafar,
  • Toshkent shahrida 166 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 98923 (+331) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 704 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3265 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzuga oid