Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Turkiyadan kelayotgan fuqarolar uchun karantinda bo‘lish tartibi bekor qilindi
So‘nggi 14 kun davomida Turkiyada bo‘lgan va ushbu mamlakat orqali O‘zbekistonga kirib kelayotgan O‘zbekiston fuqarolarining uy yoki mehmonxonada karantinda bo‘lishi tartibi bekor qilindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Turkiyada epidemiologik vaziyat barqarorlashayotgani inobatga olinib, 14 kun davomida Turkiyada bo‘lgan va ushbu mamlakat orqali O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolarning uy yoki mehmonxonada karantinda bo‘lishlari tartibi bekor qilindi.
O‘zbekistonga kelish uchun aviaqatnovga ro‘yxatdan o‘tishdan oldin so‘nggi 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda koronavirus infeksiyasiga faqat PZR orqali tekshirilib, manfiy ko‘rsatkichga ega deb topilgan ma'lumotnomani taqdim etish talabi saqlanib qoladi.
Shuningdek, Turkiyaga turistik sayohatlar uchun mo‘ljallangan charter aviaqatnovlar joriy yilning 5 iyunidan boshlab bosqichma-bosqich tiklanadi.
“Toshkent-Istanbul yo‘nalishidagi aviaqatnovlar talab va vaziyatdan kelib chiqib, joriy yilning 10 iyundan boshlab bosqichma-bosqich tiklanadi”, deyiladi Bosh konsulxona xabarida.
Mavzuga oid
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026