Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda koronavirus tarqalishi avj olgani xabar qilindi. Sog‘liqni saqlash vazirligi buni rad etdi
Oxirgi ikki hafta davomida ijtimoiy tarmoqlarda Tojikistonda koronavirus infeksiyasi yana avj olgani haqida xabarlar tarqaldi. Ammo sog‘liqni saqlash vazirligi bu gap-so‘zlarni rad etdi.
«Aziya-Plyus» sayti o‘z manbalariga tayanib yozishicha, mamlakatdagi turli laboratoriyalarda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq holatlar aniqlangan.
«8 iyun kuni birgina Dushanbeda 100ga yaqin kishida koronavirus aniqlandi», – degan «Diamed» xususiy laboratoriyasi xodimi.
Yana bir xususiy laboratoriya ham koronavirus yuqtirish holatlari aniqlanayotganini tasdiqlagan.
Ammo sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi davlat laboratoriyasi yil boshidan buyon birorta ham musbat natija qayd etilmaganini bildirgan.
«Bir kunda 100 kishida koronavirus aniqlangani to‘g‘risidagi gap yolg‘on. Agar shunday bo‘lganida barcha shifoxonalar bemorlar bilan to‘lib ketardi», – degan laboratoriya vakili.
Manbalarning ma'lumot berishicha, Xo‘jand shahrida ham koronavirus yuqtirishda gumonlangan bemorlar bor, ammo shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasi bu ma'lumotni rad etgan.
Tojikiston o‘tgan yili mamlakatda koronavirus yuqtirish holatlari qayd etilganini aprel oxirida – JSST missiyasi Tojikistonga kelishi arafasida tan olgandi.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
21:26 / 25.08.2025
Tojikistonda folbin va sehrgarlar xizmatidan foydalanganlik uchun jazo joriy etildi
07:46 / 23.08.2025