Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G7 iqlim o‘zgarishi bilan kurashga ajratiladigan yordam pulini 100 milliard dollargacha oshirmoqchi
«Katta yettilik» davlatlari – AQSh, Britaniya, Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya va Yaponiya yetakchilari kam rivojlangan davlatlarga uglerod chiqindilarini qisqartirish va global isishga qarshi kurash uchun ajratadigan har yillik yordam puli miqdorini 2025 yilgacha 100 mlrd dollargacha oshirishga kelishib oldilar.
G7 yetakchilari iqlim o‘zgarishi va biologik xilma-xillik yo‘qolishi xavfi misli ko‘rilmagan darajada yuqori ekanini ta'kidlab o‘tishgan.
Shuningdek, G7 davlatlari atmosferaga chiqariladigan uglerod chiqindilari miqdorini 2050 yilgacha nol ko‘rsatkichga keltirish majburiyatini o‘z zimmasiga oldi. Shu maqsadda avtomobil bozorining dizel va benzin dvigatelli mashinalardan ekologik sof mashinalarga o‘tishini tezlashtirishga kelishib olindi.
«Biz transportning barcha turlarida, jumladan, avtobus, poyezd, kema va samolyotlarda chiqindisiz texnologiyalarga kelish majburiyatini o‘z zimmamizga olamiz. Biz avtomobil bozorining dizel va benzin dvigatelli mashinalardan ekologik sof mashinalarga o‘tishini tezlashtirishga kelishib oldik», deyilgan G7 davlatlari qo‘shma bayonotida.
11 iyunda Britaniyaning Kornuoll shahrida «Katta yettilik» yetakchilarining uch kunlik sammiti boshlandi. Unda ko‘riladigan asosiy mavzulardan biri ekologiya hisoblanadi.
Sammit arafasida umumiy hisobda 41 trln dollarlik aktivlarni nazorat qiluvchi 50ga yaqin sarmoyachi dunyo yetakchilarini issiqxona gazlarining atrof-muhitga chiqarilishini qisqartirish bo‘yicha o‘z oldiga ulkanroq maqsadlar qo‘yishga va qazib olinuvchi yonilg‘i ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga chaqirishgan.
Mavzuga oid
14:21 / 22.04.2026
Prezident Markaziy Osiyoda iqlim muammolarini hal qilish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi
15:57 / 01.04.2026
Aprelning ilk kunlari issiq va yog‘inlarga boy bo‘ladi
07:39 / 01.04.2026
Xarita: suv tanqisligi eng yuqori bo‘lgan davlatlar
23:36 / 30.03.2026