O‘zbekiston | 10:06 / 13.06.2021
18750
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Kunlik holatlar yana 300dan ortiq, yana uch bemor vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda yana 300dan ortiq yangi kasallanish holatlari qayd etilib, 3 nafar bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 12 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 103510 (+304) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

O‘tgan haftalarda kunlik holatlar pasaya boshlagan, 7-8 iyun kunlari bu ko‘rsatkich 200dan ham kamroq bo‘lgan, faqat 12 iyunga kelib kunlik holatlar 300dan osha boshlagandi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 6 nafari Andijon viloyatida,
  • 4 nafari Buxoro viloyatida,
  • 13 nafari Jizzax viloyatida,
  • 19 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 3 nafari Navoiy viloyatida,
  • 7 nafari Namangan viloyatida,
  • 29 nafari Samarqand viloyatida,
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 18 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 12 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 3 nafari Xorazm viloyatida,
  • 59 nafari Toshkent viloyatida,
  • 127 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 5 nafar,
  • Jizzax viloyatida 20 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 7 nafar,
  • Navoiy viloyatida 2 nafar,
  • Namangan viloyatida 7 nafar,
  • Samarqand viloyatida 30 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 3 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 21 nafar,
  • Xorazm viloyatida 8 nafar,
  • Toshkent shahrida 161 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 99416 (+264) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 708 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3386 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzuga oid