O‘zbekiston | 07:42 / 14.06.2021
2659
1 daqiqa o‘qiladi

14 iyun kuni respublika bo‘yicha kam bulutli ob-havo saqlanib turadi 

14 iyunda kunduz kuni respublika bo‘yicha kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kunning ikkinchi yarmida Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol ba'zi joylarda changli bo‘ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 31-36 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 32-34 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

14 iyunda kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar sababli Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid