Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texasda poyga mashinasi tomoshabinlarga kelib urilishi natijasida 29 kishi jabrlandi
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, sakkiz kishi shifoxonaga yotqizilgan, ulardan uch nafarining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.
AQShning Texas shtatida poyga mashinasi musobaqa vaqtida tomoshabinlarga kelib urildi, deb xabar berdi KVIA ABC-7 News telekanali.
Sherif ofisining ma'lumot berishicha, hodisa oqibatida 29 kishi jarohatlangan.
Qayd etilishicha, voqea Fabense aholi punktida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, sakkiz kishi shifoxonaga yotqizilgan, ulardan uch nafarining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.
Sherif bayonotida aytilishicha, avtomobil noma'lum sabablarga ko‘ra yo‘ldan chiqib ketgan va to‘siqlarni buzib o‘tgan.
Mavzuga oid
19:07 / 23.05.2026
O‘smir svetoforda ham to‘xtamagan: Qo‘qondagi mudhish avtohalokat tafsilotlari
15:10 / 30.04.2026
Samarqand shahridagi avtoavariyada PPX xodimi halok bo‘ldi
08:48 / 02.03.2026
AQShda Eron bayrog‘i tushirilgan futbolkadagi shaxs otishma uyushtirdi
18:51 / 13.02.2026