Toshkent davlat agrar universiteti delegatsiyasi Belarusga tashrif buyurdi
2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori ijrosi yuzasidan ToshDAU va Belarusning Grodno davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

Foto: Toshkent davlat agrar universitet
Hamkorlik doirasida Toshkent davlat agrar universiteti rektori B.Sulaymonov va xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Abduvosiqov 10-14 iyun kunlari Belarus Respublikasining Grodno davlat universitetida xizmat safarida bo‘lib qaytdi.
Delegatlar 11 iyun kuni Grodno davlat universiteti tashkil etilganining 70 yillik yubileyida qatnashdi.
Ikki OTM o‘rtasida 2020 yil imzolangan qo‘shma ta'lim dasturi doirasida magistratura yo‘nalishi uchun shartnomalar tuzildi.
12 iyun kuni Grodno davlat universiteti ilmiy kengashi a'zolari, prorektorlari bilan tashkil etilgan uchrashuvda akademik Botirjon Sulaymonov Grodno davlat universitetining faxriy doktori unvoni bilan taqdirlandi.
Shu kunning o‘zida delegatsiya Asalarichilik ilmiy markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Soha bo‘yicha o‘zaro hamkorlik va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Xizmat safari davomida ToshDAU delegatlari Asalarichilik ilmiy markazida va Grodno oziq-ovqat fabrikasida ham bo‘ldi, fabrikadagi issiqxonalarda o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha qo‘llanilayotgan ilmiy tajribalar bilan tanishdi.
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh DeepSeek sun’iy intellekt chatbotini Xitoy armiyasiga yordam berishda aybladi
Jahon | 00:24
-
Prezident administratsiyasining qator xodimlari lavozimdan ozod etildi
O‘zbekiston | 23:33 / 23.06.2025
-
Eron AQShning Qatardagi bazalariga raketa zarbalarini berdi
Jahon | 22:55 / 23.06.2025
-
Aziz Mag‘rupov Prezident yordamchisi lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 22:28 / 23.06.2025
Mavzuga oid

19:29 / 05.02.2019
Koreyaning Konkuk universiteti va Toshkent davlat agrar universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalari kengaytiriladi

01:04 / 06.02.2018
Baliqchilik sohasi rivojlantiriladi - ToshDAUda baliqchilik yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi bo‘lim ochiladi

12:55 / 16.02.2017
Toshkent davlat agrar universitetiga Global Cold Chain Alliance vitse-prezidenti tashrif buyurdi

15:36 / 11.02.2017