Global Cold Chain Alliance 2007 yilda Amerika Qöşma Ştatlarida taşkil etilgan. Taşkilotning maqsadi dunyo böylab qişloq xöjaligi mahsulotlari uçun sovitiş omborxonalarini barpo etiş, “Sovitiş zanjirini” yaratiş va uning logistikasini boşqarişdan iborat.
Universitetning taklifi asosida va xalqaro hamkorlikni yanada kengaytiriş maqsadida 15 fevral kuni Global Cold Chain Alliance vitse-prezidenti Riçard Treysi ToşDAUga taşrif buyurdi. Taşrif davomida Riçard Treysi universitet rahbariyati bilan uçraşdi va ToşDAU hamda Global Cold Chain Alliance örtasida ikki tomonlama hamkorlikni örnatiş istagini bildirdi.
Riçard Treysi universitet magistrlari va katta ilmiy xodim izlanuvçilariga “Sovitiş zanjiri” mavzusida ma'ruza qildi. Şu bilan birga Riçard Treysi Özbekistonda Global Cold Chain Alliance va USAID loyihasi yordamida barpo etilgan sovitiş omborxonalari töğrisida töxtalib ötdi. Uçraşuvda viloyatlardan kelgan ilğor fermerlar ham qatnaşdi.
















