Hozirgi kunda Toşkent davlat agrar universiteti Yevropa, AQŞ, MDH davlatlarining rivojlangan oliy ta'lim muassasalari va öquv markazlari bilan hamkorlik aloqalarini olib boradi.

Universitet çet el OTM va ITIlari bilan 30 dan ziyod şartnoma va memorandum imzolagan. Bunga oxirgi ikki yil davomida universitet rahbar va pedagog xodimlarini 100dan ortiği malaka oşiriş kurslariga, stajirovkalarga hamda 200dan ziyod talaba çet el universitetlarida işlab çiqariş amaliyotlariga yuborilganini misol qilib keltirsak böladi. Koreya milliy tadqiqotlar fondi bilan tuzilgan şartnoma asosida hozirgi kunda koreyalik ikki nafar professor universitetda faoliyat olib bormoqda.

Universitetning taklifi asosida va xalqaro hamkorlikni yanada kengaytiriş maqsadida 3 fevral kuni Bioversity International ösimliklar genetikasi xalqaro instituti hamda Vaşington universiteti professori Devera Jarvis ToşDAUga taşrif buyurdi. Taşrif davomida Devera Jarvis universitet rahbariyati bilan uçraşdi va ToşDAU hamda Vaşington universiteti örtasida ikki tomonlama hamkorlikni örnatiş istagini bildirdi. Devera Jarvis universitet magistrlari va katta ilmiy xodim izlanuvçilariga “ğalla genetikasi” mavzusida ma'ruza qildi.
 
Universitet hayotida Koreya Respublikasi Kongdjun universiteti prezidenti Kim Xi So boşçiligidagi delegatsiyasi taşrifi yana bir muhim voqea hisoblandi. Kongdjun universiteti prezidenti Kim Xi So boşçiligidagi delegatsiya 6 fevral kuni universitetga taşrif buyurdi. Taşrif davomida janob Kim Xi So universitet rektori Botirjon Sulaymonov bilan uçraşdi. 

Uçraşuv çoğida Kongdjun universiteti prezidenti Kim Xi So universitet rektori Botirjon Sulaymonov bilan muzokaralar ötkazdi. Mehmonlar universitetda olib borilayotgan ilmiy izlanişlar va xalqaro loyihalar haqida xabardor qilindi. Taşrif davomida universitet professor öqituvçilari KOICA va KOPIA Xalqaro hamkorlik agentliklari bilan birga amalaga oşirayotgan loyihalar bilan taniştirildi va qilingan işlar mehmonlar tomonidan yuqori baholandi.

Uçraşuvdan söng mehmonlar universitetning eksperimental tajriba stansiyasiga taşrif buyurdi va KOICA tomonidan yaratilgan zamonaviy gidroponika issiqxonasini borib körişdi.