Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«U bilan ochiqchasiga gaplashaman» – Bayden Putin bilan bo‘lajak uchrashuvi to‘g‘risida
AQSh prezidenti Jo Bayden G7 mamlakatlari rahbarlari uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob berdi.
U shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan 16 iyun kuni Jyenevada bo‘lib o‘tadigan uchrashuvi haqida ham so‘z yuritdi.
Putinning Rossiya va AQSh munosabatlari yomon ahvolda ekanligi to‘g‘risidagi so‘zlarini izohlar ekan, Bayden «U haq deb o‘ylayman, munosabatlar quyi nuqtada», dedi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vaziyat Putinning xalqaro me'yorlarga mos harakat qilishiga bog‘liq.
«Shubha qilmayotganingizni bilaman: u bilan xavotirlarimiz to‘g‘risida ochiqchasiga gaplashaman», — dedi Bayden.
AQSh sanksiyalariga qaramasdan Rossiya prezidenti nima uchun o‘zini tutishini o‘zgartirmagani to‘g‘risidagi savolga Bayden jilmaygancha «Bu Vladimir Putin», deb javob qaytardi.
Mavzuga oid
09:42 / 05.03.2026
Putin Vengriya TIV rahbari Siyyartoga ikki harbiy asirni topshirdi
19:59 / 24.02.2026
Putin Qora dengizdagi gaz quvurlarini portlatishga urinish haqida ma’lumot borligini aytdi
11:57 / 24.02.2026
Vadeful: Germaniya Putinning ortidan yalinib yugurmaydi
13:38 / 20.02.2026