Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriya migrantlarni 2 yilgacha mamlakatga kiritmasligi mumkin
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban immigratsiyani 2 yilgacha butkul to‘xtatishni taklif qildi. Uning fikricha koronavirus pandemiyasi davrida migratsiya nihoyatda xavfli va shuning uchun ham to‘xtatilishi kerak.
Orbanning so‘zlariga ko‘ra, “migratsiya tabiatan yomon narsa” va odamlar “Xudoning irodasiga ko‘ra” qayerda tug‘ilgan bo‘lsa, shunga shukr qilishi lozim.
Bosh vazir migratsiyaning 2 yillik taqiqi qanday qilib qonuniylashtirilishi haqida batafsil to‘xtalmadi.
Mamlakatning statistik ma'lumotlariga ko‘ra, Vengriya 2021 yil boshidan buyon qonuniy rezident maqomiga ega bo‘lgan 194 mingga yaqin chet ellikni qabul qildi, deb xabar beradi dpa. Axborot agentligining yozishicha, ushbu raqamga Yevropa Ittifoqining 57 mingdan ortiq fuqarosi, 32 mingga yaqin ukrainalik, 18 ming xitoylik va Osiyo mamlakatlaridan kelgan 35 ming fuqaro kiradi.
Mavzuga oid
10:17 / 17.12.2025
Vengriya YeIning kengayish bo‘yicha yillik bayonotini blokladi
09:13 / 17.12.2025
Vengriya AQSh bilan gaz yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi
13:56 / 10.12.2025
Vengriya va Norvegiya bilan hamkorlikda baliq naslchilik markazlari tashkil etiladi
13:16 / 06.12.2025