Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaman yaqinida 250dan ko‘proq muhojir halok bo‘ldi
Foto: AFP
Yaman sohillari yaqinida muhojirlarni olib ketayotgan qayiq ag‘darilib ketgandan keyin 250dan ko‘proq kishi halok bo‘ldi. Sky News Arabia telekanalining xabar berishicha, qayiqda 300 muhojir bo‘lgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ulardan 20 nafarigina omon qolgan.
Qayiq bir necha kun avval Afrikaning Jibuti davlatidan Yamanga yo‘l olgan. U sohilga yaqinlashib qolganda baliq ovlovchi kema bilan to‘qnashib, ag‘darilib ketgan. Telekanalning xabar qilishicha, qayiqni 4 yamanlik boshqargan.
The Guardian nashri ma'lumotlariga ko‘ra, halokat 2 kun avval yuz bergan. Guvohlardan birining aytishicha, u sohildan 16 km uzoqlikda suv ustida qalqib qolgan jasadlarni ko‘rgan.
Mavzuga oid
10:18 / 28.01.2026
Ispaniya 500 minggacha noqonuniy muhojirni legallashtiradi
17:56 / 06.01.2026
Husiylar, Saudiya va BAA uchburchagi: Yamanda nimalar bo‘lyapti?
13:33 / 05.01.2026
🔴 LIVE: OMON qo‘lida o‘lgan o‘zbek: nega vaziyat faqat yomonlashib boryapti?
18:01 / 30.12.2025