Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyev Rossiya-AQSh sammitida Ukraina bo‘yicha erishiladigan kelishuvlarni tan olmasligini bildirdi
Tashqi ishlar vazirining fikricha, Ukraina muzokaralarning muhim mavzusi bo‘ladi.
Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Jo Bayden o‘rtasida o‘tkaziladigan uchrashuv borasida fikr bildirdi.
«Biz AQSh prezidentining pozitsiyasini yaxshi bilamiz. Ushbu uchrashuvda bizning orqamizdan Ukrainaga oid biror kelishuvga erishilishida xatar ko‘rmayapmiz. Hamkorlarimizga Ukraina ishtirokisiz unga oid hech qanday kelishuvni tan olmasligimizni yetkazganmiz», — dedi Kuleba.
Vazirning fikricha, Ukraina muzokaralarning muhim mavzusi bo‘ladi.
Kuleba Ukraina tashqi ishlar vazirligi voqealarning har qanday rivojiga tezkorlik bilan javob qaytarishga tayyorligini bildirdi.
Putin va Bayden o‘rtasidagi uchrashuv 16 iyun kuni Jyenevada o‘tkaziladi.
Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, bo‘lajak muzokaralarda strategik barqarorlik, koronavirus pandemiyasi, kiberjinoyatchilikka qarshi kurash, iqtisodiy hamkorlik, iqlim va Arktika mavzulari muhokama qilinadi. Shuningdek, Ukraina, Suriya, Liviya, Afg‘oniston va Tog‘li Qorabog‘ masalalari ko‘rib chiqiladi.
Mavzuga oid
07:21
Immigrant trak haydovchilarni cheklab, amerikalik faxriylarga almashtiramiz – Tramp
21:37 / 16.07.2026
Sergey Koretskiy Ukrainaning yangi bosh vaziri etib tayinlandi
20:25 / 16.07.2026
AQSh grin-karta talabgorlari uchun 100 ming dollarlik garov joriy etishi mumkin
20:14 / 16.07.2026