Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda koronavirusning uchinchi to‘lqini boshlangani ma'lum qilindi
Qirg‘izistonda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq dastlabki holatlar o‘tgan yil martida qayd etilgandi.
Qirg‘izistonda koronavirus infeksiyasining uchinchi to‘lqini kechmoqda. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Jaloliddin Rahmatullayev ma'lum qildi.
"Pandemiya boshlanganidan buyon koronavirus infeksiyasining ikkita epidemiologik o‘sishi kuzatildi: 2020 yil iyuli va noyabrida. Bugungi kunda kasallanishning uchinchi to‘lqini kuzatilmoqda", - dedi u.
Rahmatullayevning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi kasallanishlar soni o‘sishiga tayyor.
Qirg‘izistonda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq dastlabki holatlar o‘tgan yil martida qayd etilgandi. Hozirga kelib kasallik yuqtirganlar soni 111 mingdan oshgan, 1,9 mingdan ortiq bemor vafot etgan.
Mavzuga oid
20:07 / 16.07.2026
Qamchibek Tashiyev 2027 yilgi prezidentlik saylovida ishtirok etishdan voz kechdi
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026