Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxorodagi budjet tashkiloti 65 milliard so‘mlik davlat xaridlarini noto‘g‘ri amalga oshirgani ma'lum bo‘ldi
«Buxoro yo‘llardan muntazam foydalanish» unitar korxonasi 2019 yilda 31.4 milliard, 2020 yilda 33.4 milliard so‘mlik tovarlarni auksion va tanlov (tender) savdolarisiz to‘g‘ridan to‘g‘ri amalga oshirgan.
«Buxoro yo‘llardan muntazam foydalanish» unitar korxonasi tomonidan 2019 – 2020 yillar davomida tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridini amalga oshirishda «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi va «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi. Bu haqda Antimonopol qo‘mitasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mazkur korxona tomonidan 2019 – 2020 yillar mobaynida o‘z ehtiyoji uchun tovarlarni (qurilish materiallari, ehtiyot qismlar, xo‘jalik mollari, dizel yonilg‘isi, kanselyariya mollari, mebel anjomlari, yo‘l belgilari va boshqa mahsulotlar) xarid qilishda va obektlarda boshqa korxonalarga tegishli bo‘lgan mashina–mexanizm va avtotransport xizmatlaridan foydalanishda viloyat va respublika hududida faoliyat olib borayotgan boshqa korxonalar bilan ikki tomonlama tuzilgan shartnomalar asosida olib borgan.
«Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning 16-moddasida davlat buyurtmachisi davlat xaridlarini amalga oshirishda maxsus axborot portaliga e'lon joylashtirishi shartligi, 23-moddasida davlat xaridlari elektron do‘kon, auksion, tanlov va tender asosida amalga oshirilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Biroq, «Buxoro yo‘llardan muntazam foydalanish» unitar korxonasi 2019 yilda 31.4 milliard, 2020 yilda 33.4 milliard so‘mlik tovarlarni auksion va tanlov (tender) savdolarisiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri xarid qilish bo‘yicha shartnomalar imzolab, xaridlar amalga oshirganligi qayd etilgan.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
08:20 / 25.05.2026