Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron sobiq vitse-prezidenti prezidentlik saylovidan o‘z nomzodini qaytarib oldi
Saylov oldidan prezidentlikka yetti nafar nomzod qayd etilgandi.
Eron sobiq vitse-prezidenti Muhsin Mehralizoda 18 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida nomzod sifatida qatnashmaslikka qaror qildi. Bu haqda IRNA agentligi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, u o‘z qarori haqida Eron ichki ishlar vazirligiga yozgan maktubida ma'lum qilgan.
Saylov oldidan prezidentlikka yetti nafar nomzod qayd etilgandi: oliy sud raisi Ibrohim Raisiy, qabul qilinayotgan qarorlarning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha kengash kotibi Muhsin Rizoiy, markaziy bank sobiq rahbari Abdulnosir Himmatiy, milliy xavfsizlik oliy kengashi sobiq kotibi Said Jaliliy, parlament raisi o‘rinbosari Amir Husayn Qozizoda Hoshimiy, parlament deputati Alirizo Zakaniy va Mehralizoda.
Eronda saylov kampaniyasi 16 iyun kuni yakuniga yetadi. 17 iyun osoyishtalik kuni deb e'lon qilingan – nomzodlarga tashviqot ishlarini olib borish taqiqlanadi.
Prezidentlik saylovi 18 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
12:03 / 16.07.2026
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52 / 16.07.2026
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
20:20 / 15.07.2026
Tramp Erondagi ko‘priklar va elektr stansiyalarini portlatish bilan tahdid qildi
09:40 / 14.07.2026