Ijtimoiy tarmoqlarga oid bahsli qonun: xavotirlar va taxminlar
|14:29 / 16.06.202122 7658 min
Özbekistonda internet tarmoğiga doir bahsli qonun qabul qilinişi ijtimoiy tarmoqlar bloklanişi ehtimolini örtaga çiqardi. Kun.uz mavzu yuzasidan axborot xavfsizligi böyiça mutaxassis, Malayziyada istiqomat qilayotgan Anvar Narzullayev bilan suhbat uyuştirdi.
Özbekiston Respublikasining «Şaxsga doir ma'lumotlar töğrisida»gi qonuniga qöşilgan 27-1 modda 2021 yil 16 apreldan kuçga kirdi.
Şu asosda yirik internet kompaniyalar va ijtimoiy tarmoqlardan Özbekiston fuqarolarining şaxsiga doir ma'lumotlarni jismonan Özbekiston hududida joylaşgan serverlarda saqlaş talab etilmoqda.
Kun.uz qonunga kiritilgan mazkur qöşimça yuzasidan tafsilotlarni yoritdi, şuningdek, mavzu yuzasidan jamoatçilik faollarining fikri va tahliliy maqolalar berib kelinmoqda.
Navbatdagi suhbatdoşimiz – bir neça yildan buyon Malayziyada istiqomat qilayotgan yurtdoşimiz, Universiti Sains Islam Malaysia oliygohining Axborot xavfsizligi kafedrasi yetakçi mutaxassisi, fan doktori Anvar Narzullayev.
– Qonunçilikdagi yangi özgarişlarga köra, ijtimoiy tarmoqlar va internet xizmatlarini körsatuvçi mulkdorlar Özbekiston fuqarolarining şaxsiy ma'lumotlari joylaşgan serverlarini jismonan Özbekistonga olib kelib, saqlaşi şart deb belgilandi. Buning davlatga qanday foyda va zararlari bor?
– Qonunda aniq yozilmagan bölsa-da, mas'ul taşkilotlarning bayonotlari va uşbu özgarişga deputatlarning munosabatlaridan ham bilsak böladiki, maqsad – Özbekiston fuqarolarining şaxsiy ma'lumotlariga hujum yoki qandaydir tajovuz bölganida javobgarlikni öşa kompaniyalar zimmasiga yuklab qöyiş. Asosiy közlangan maqsad sifatida men şuni tuşundim.
Umuman olganda, Google, Facebook yoki Microsoft kabi kompaniyalar Özbekistonga kirib kelib, data markazlarini oçişsa, ijobiy narsa. Bu bizdagi siyosiy, iqtisodiy va muhimi texnik bazamizga bölgan işonçni bildiradi. Çunki bunday katta kompaniyalar biror davlatga kirib kelişidan avval katta izlaniş qiladi, vaziyatni örganadi. Bundan taşqari, ularning kirib kelişi iş örinlarining yaratilişi, infratuzilma va IT sohasining rivojlanişiga turtki beradi.
Anvar Narzullayev
Mavzuga oid
Lekin, hozir ular Özbekistonga majburlab olib kirilmoqda. Men qonunga kiritilgan uşbu özgariş va unga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi matbuot kotibi Şerzod Ahmadovning şarhini öqidim. U yerda juda qiziq jumla aytilgan:
«Agar, xorijiy kompaniyalar serverlarini Özbekistonga olib kelişni xohlamasa, ular bilan boşqaça tarzda ham muzokaralar olib borilişi mumkin. Masalan, Özbekiston fuqarolariga şaxsiy ma'lumotlarini kiritmagan holda tarmoqda röyxatga olinişiga ruxsat berilişi kabi».
Bu biroz tuşunarsiz jumla, bizda endi qonun bor. Qonun bölganidan keyin sizda ikkita variant böladi: qonunga rioya qiliş yoki qilmaslik. Bizning vazirlik esa qandaydir uçinçi yölni taklif qilyapti. «Kelinglar, biz bilan muzokara qilinglar, biz sizga boşqa variantlar topib beramiz», – deyapti.
Bu muzokaralarning ortidan kompaniyalarga qanday şartlar qöyiladi, mana şu ham muhim. Bu şartlar katta kompaniyalarga fuqarolarning şaxsiy ma'lumotlariga «dostup» oçiş talabi ham bölişi mumkin.
Bundan taşqari, meni xavotirga solgan yana bir narsa, Özbekistondagi kiçik firmalar va mahalliy dasturçilarimiz. Çunki ular ham xorijiy serverlardan foydalanadi. Sababi xorijiy serverlar – juda katta bozor, ular taklif qilayotgan xizmatlar nisbatan arzon va yuqori sifatli. Özbekistondagi serverlar xorijdagi serverlar bilan raqobatlaşa olmaydi.
Lekin, bizda faoliyat yurituvçi firmalar ham özbekistonliklarning şaxsiy ma'lumotlaridan foydalanganidan keyin, u ma'lumotlarni Özbekistondagi serverlarga olib kelişga majbur böladi. Bu esa mamlakatda IT rivojlanişiga katta zarba berişi mumkin.
– Serverlarni olib kelmoqçi bölgan xorijiy mulkdorlar qanday texnik talablar qöyişi mumkin? Bu ularga iqtisodiy jihatdan qançaga tuşadi?
– Qonunda faqat şaxsiy ma'lumotlarni Özbekistonga olib keliş talab qilinmoqda. Bu – ism-familiyasi, pasport ma'lumotlari, telefon raqami va tuğilgan sanasi bölişi mumkin. Bular – texnik tarafdan juda katta joy egallaydigan ma'lumotlar emas.
Muammo boşqa tarafda. Katta kompaniyalar özining ijtimoiy tarmoqlarini yaratganda minglab maxsus dizayner va arxitektorlar ma'lumotlar bazasini optimallaştirib, tezroq işlaşiga urğu berib uşbu bazani yaratadi. Lekin, hozir Özbekistondan çiqib: «Bu dasturga qança pul sarflaganinglar bizga qiziq emas, bazaning mana bu qismini olasizlar-da, Özbekistonga joylab qöyasizlar», deyilyapti. Bu – kompaniyalar uçun texnik tarafdan ham öziga yaraşa qiyinçiliklar va iqtisodiy xarajatlar tuğdiradi.
Ma'lumotlar bazasini yaxlitligiça tasavvur qilişimiz va qabul qilişimiz kerak, uning bir qismini ajratib Özbekistonga qöyib qöya olmaysiz. Bu – butun tizimning işlaşiga ta'sir qiladi. Bu qonunning xorijiy mulkdorlarga qiyinçiliklari köp.
– Qonunçilikdagi yangi talabga rozi bölmagan mulkdorlar ijtimoiy tarmoqlar va internet xizmatlaridan foydalanuvçi Özbekiston fuqarolari nisbatan köp emasligini hisobga olib, Özbekistondagi bozordan voz keçişi ham mumkinmi?
– Yaqinda kördik, YouTube Özbekiston uçun monetizatsiyani öçirib qöydi. Ehtimol, buning sababi ham qonunçiligimizdagi uşbu yangi talabdir. Katta kompaniyalar rasmiy Özbekistonga kelib faoliyat yuritişdan voz keçişi mumkin. «Bloklasangiz, mayli bloklayvering», degan taktikani ham qöllaşi mumkin. Yoki Özbekiston jarimaga torsa, jarimalarni ham tölaşi mumkin.
Özbekiston bozori ular uçun juda katta emas. Masalan, Rossiyada ham hozir xuddi şunday hodisalar kuzatilyapti. Bizda Özkomnazorat degan taşkilot tuzilibdi, Rossiyada Roskomnadzor degani va xuddi şu kabi qonun bor. Ular Facebook va Twitter'ni sudga berişdi va jarimalarga tortişdi. Facebook Rossiya hukumati bilan kelişişga majbur bölyapti, çunki Rossiya – katta davlat, foydalanuvçilar köp. Lekin, Özbekiston u qadar katta bozor emas, ular haqiqatdan bu bozordan voz keçişi ham mumkin.
Yoki xorijiy operatorlar Özbekistonning bu talabiga e'tibor bermasa, Özkomnazorat bu ijtimoiy tarmoqlarni bloklaşga harakat qilişi mumkin. Lekin bloklaş ham oson emas, texnik tarafdan juda murakkab. Biz ikki-uç yil avval kördik, Özbekistonda ijtimoiy tarmoqlarni bloklamoqçi bölganida, foydalanuvçilarning internet savodxonligi oşdi, VPNlarni işlatişni örganişdi va hokazo. Şuning uçun davlat agar bu kompaniyalarni çiqarib yubormoqçi yoki bloklamoqçi bölsa, öz oyoğiga bolta urgan böladi.
– Agar xorijiy mulkdorlar bilan kelişuvga erişilsa, uşbu serverlarning işlaşi va saqlab turilişiga Özbekistonning texnik salohiyati va imkoniyatlari yetarlimi?
– Örganişlarim böyiça, hozirgaça bizda juda katta data markazlari yöq. 2024 yilgaça Jizzaxda şunday katta data qurilişi haqida öqidim. Lekin hozir bizda mavjud bölgan va taklif qilinayotgan xizmatlar jahon standartlariga javob bermaydi.
Birinçidan, kompyuter quvvati va xotirasi kabi resurslar, ikkinçi tomondan, taklif qilinayotgan tezliklar. Hatto eng qimmat serverlar ham bor-yöği 5-10 megabit/sekund tezliklarni taklif qilişyapti. Jahon standartida bunday tezliklar juda ham kulgili. Çet eldagi bepul serverlar ham 1 gigabayt/sekundgaça bölgan tezliklarni taklif qilişadi. Pullik serverlarda esa tezlik bunda ham katta. Bizdagi taklif qilinayotgan barça xizmatlar ijtimoiy tarmoqlarning serverlari uzluksiz işlab turişiga javob bera olmaydi, deb öylayman.
Ikkinçi katta muammo – bu xavfsizlik. Qonunçilikda asosiy vaj fuqarolar şaxsiy ma'lumotlarini ta'minlaş deb körsatilyapti. Lekin, aslida Google, Amazon kabi katta kompaniyalarning data markazlarini köradigan bölsak, u yerlardagi xavfsizlik Pentagon [AQŞ Mudofaa vazirligi] yoki harbiy bazalarning xavfsizligi kabi ta'minladi. U yerda qurollangan askarlar yuradi, özining 6 bosqiçli himoya muhiti, maxsus sensorlar va kameralari bor. Çet el kompaniyalari nafaqat kiberxavfsizlikka, balki ularning jismoniy xavfsizligiga ham nihoyatda kuçli e'tibor qiladi. Bizda xorijiy kompaniyalar talab qilayotgan yoki jahon standartlariga mos keladigan data markazlar hali yöq.
Töliq suhbat bilan videoda tanişib çiqişingiz mumkin.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi